Ilmiy loyihalar

Demografiya.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-87 sonli farmoning IV bo‘lim – Oila institutini mustahkamlash, 4.3 yunalish – Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish, 91 bandi - Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bunga yoshlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekistonda “Demografiya” milliy portali tarmog‘ini yaratish vazifasi belgilab berilgan.

PORTAL MAQSADI
Mamlakatimizda barqaror o‘sishni taʼminlashda demografik o‘zgarishlarni to‘laqonli baholash, milliy kontentni rivojlantirish, mamlakatimiza yosh demogrif olimlar bazasini yaratish, hamda ularda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida raqamli xizmatlarni yaratish va taqdim qilishdan iborat hisoblanadi.

 

Gastro mahalla

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilgi Parlamentga murojaatnomasidagi vazifalar ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5611-sonli Farmoni hamda O‘zbekistonda turizmni jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar rejasida turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan bir qator vazifalar ijrosini taʼminlashga qartilgan “Gastro mahalla” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan tayyorlandi.

 Loyihaning maqsadi – mahallalarda turistik muhitni yaratish, fuqarolarning oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari va o‘zini o‘zi band etishlariga amaliy ko‘mak berish. Shuningdek, sayyohlarni milliy taomlarimizni tayyorlash anʼanalari bilan yaqindan tanishtirish, milliy taom savdosi bilan shug‘ullanadigan fuqarolarni sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasiga keng jalb etishdan iborat.

Loyihaning dastlabki bosqichiga Toshkent va Buxoro shaharlari mahallalari jalb etildi.

 

Baxtiyor oila

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 21-oktyabrdagi 888-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Maxalla va oila” ilmiy- tadqiqot instituti tomonidan oilalar uchun “Baxtiyor oila” veb-portal tarmog‘i ishga tushirildi.

Loyihaning maqsadi – O‘zbekistonda oilalarga “Baxtiyor oila” veb-portali tarmog‘idagi maʼlumotlar va xizmatlardan foydalanishning yagona nuqtasini taqdim etish, jamiyatda oila-nikoh munosabatlarini tartibga solishga ko‘maklashish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilalarning demografik xulq-atvoriga xos va mos xizmatlarni yaratishdan iborat. Shuningdek, ushbu portalda joylashtiriladigan ochiq maʼlumot va xizmatlar yordamida samarali ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik qarorlarni qabul qilishda oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish ham nazarda tutilgan.

 

Mahalla mobayl (Mahalla Mobile)

“Mahalla mobayl” ilovasi yurtimizda faoliyat olib boruvchi 9155 ta Mahalla rais va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirish va murojaatlar bilan ishlash jarayonlarini qulaylashtirish uchun mo‘ljallangan.

Funksional imkoniyatlari:

  • fuqarolar (yuridik yoki jismoniy shaxs) o‘z murojaatlarini mahalla raisiga mobil ilova yordamida jo‘natadi;
  • har bir mahalla raisi o‘z mahallasi doirasida kelib tushgan murojaatlarni ko‘ra oladi va ularga javob beradi;
  • tizim quyidan tepaga yaʼni, fuqarodan -> mahalla raisi -> tuman hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i -> viloyat hokimi o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i -> Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi xodimiga (5 ta daraja) yo‘nalishida faoliyat olib boradi;
  • har bir murojaat tizimda saqlanib boradi va ularning holati (yangi, bajarilgan va kechikayotgan) quyidan tepagacha ko‘rinib turadi;
  •  murojaatlar statistikasi 5 ta darajada yuritiladi;
  • har bir fuqaro o‘z murojaatining joriy holatini kuzatib boradi va murojaat bo‘yicha javoblarni xabar yoki fayl shaklida jo‘natadi va aksincha qabul qiladi;
  • SMS – xabarnoma orqali murojaatlar ishonchliligini taʼminlash;
  • administrator tomonidan kelib tushgan murojaatlar saralanadi.
  • tizim o‘rnatilgan tartibda davriy va boshqa turdagi hisobotlarni shakllantiradi. Bu hisobotlar har bir daraja foydalanuvchisi uchun rolidan kelib chiqqan holda shakllanadi. 

 

Uy-ro‘zg‘or gigiyenasi - besh yulduzli yondashuv

Bot Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Oilada barqaror ijtimoiy muhitni yaratishda maishiy-gigiyenik funksiyaning o‘rni” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Botimiz uy xo‘jaligingizning sanitariya, gigiyena (suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz va elektr taʼminoti) sharoiti va kundalik turmush darajasini, shu jumladan, shaxsiy gigiyena qoidalari (qo‘l va tana gigiyenasi), oshxonada sanitariya va gigiyena prinsiplari, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi (oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va pishirish), uyqu va yotoq xonasi gigiyenasi hamda maishiy gigiyenaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘zingiz baholashga imkonini beradi.

 

"Oila maʼnaviyati"konseptiga doir elektron tezaurus

Erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olishning ilmiy asoslari

Xalqaro standartlar asosida oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish

Tashqi mehnat migratsiyasini oila ijtimoiy-demografik barqarorligiga taʼsirini baholash

Xotin-qizlarni bandligini taʼminlashning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmalarini ishlab chiqish

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish muammolari

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish jarayonini amalga oshirishda elektron axborot resurslaridan foydalanish texnologiyalari