Xalqaro standartlar asosida oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish
Loyiha maqsadi: xalqaro standartlar asosida oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Loyiha vazifalari:
· Oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik xizmat ko‘rsatish tizimi borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish;
· Oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik xizmat ko‘rsatishning O‘zbekistondagi holatini tahlil qilish;
· Oilada xotin qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklar to‘g‘risidagi statistik maʼlumotlarning yuritilishini, ularning ishonchliligini tahlil qilish. Mazkur yo‘nalishdagi muammolarni o‘rganish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
· Respublika ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarida reabilitatsiya xizmati ko‘rsatilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish;
· Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish (onlayn so‘rov, ekspert so‘rov, jabrlanganlar bilan intervyu)
· Xalqaro va milliy tajriba, o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.