Erta turmush va erta tug‘uruq holatlarini oldini olishning ilmiy asoslari

Loyiha maqsadi: Erta turmush va erta tug‘uruq holatlarini oldini olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

Loyiha vazifalari:

  • Erta turmush va erta tug‘uruq holatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish.
  • Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy statistik maʼlumotlaridan foydalangan holda hududlar kesimida erta turmush va erta tug‘uruq holatlarini ilmiy tahlil qilish.
  • Erta turmush va erta tug‘uruq holatlarining oldini olish borasidagi xalqaro tajribani o‘rganish.
  • Erta turmush va erta tug‘uruq muammolari hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha sotsiologik tadqiqot o‘tkazish.
  • Yigit va qizlarning erta turmush qurishi bo‘yicha yoshlar, ota-onalar va tibbiyot xodimlarining munosabatini o‘rganish.
  • Erta turmush va erta tug‘uruq holatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish.
  • Statistik va sotsiologik tadqiqot natijalari bo‘yicha tahliliy maʼlumot va risolalar tayyorlash hamda chop etish.