O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish muammolari

Loyiha maqsadi – O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish muammolarini o‘rganish hamda uning shartnomaviy huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid tahliliy hujjat, takliflar va qo‘llanmalar tayyorlash.

Loyiha vazifalari:

·       kambag‘allik tushunchasi va uni qisqartirish choralarini o‘rganish;

·       ijtimoiy shartnoma mexanizmini nazariy tadqiq etish;

·       ijtimoiy shartnomani qo‘llash borasidagi xorijiy davlatlar tajribasini qiyosiy tahlil qilish;

·       ijtimoiy shartnomani qo‘llashning huquqiy asoslarini tadqiq etish;

·       ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini tadqiq etish;

·       O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish muammolari yechimiga oid takliflarni ishlab chiqish.