Tashqi mehnat migratsiyasining oila ijtimoiy-demografik barqarorligiga taʼsirini baholash

Loyiha maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududlarida tashqi mehnat migratsiyasining oilalar ijtimoiy-demografik barqarorligiga taʼsirini sotsilogik tadqiqot orqali o‘rganish, baholash va salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha uslubiyot va amaliy takliflarni ishlab chiqish.

Loyiha vazifalari:

  • Tashqi mehnat migratsiyasini oilalarning ijtimoiy-demografik holatiga (barqarlorligiga) taʼsirini tanlangan hududlarda ijtimoiy so‘rovlar (sotsiologik tadqiqot) orqali o‘rganish.
  • Tashqi mehnat migratsiyasini oilalarning ijtimoiy-demografik holatiga (barqarorligiga) taʼsirini hududlar kesimida baholash.
  • Joylardagi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash organlari hodimlari uchun tashqi mehnat migratsiyasini oilalarning ijtimoiy-demografik barqarorliga taʼsirini o‘rganish va baholash uslubiyotini tayyorlash.
  • Tashqi mehnat migratsiyasini oilalarning ijtimoiy-demografik barqarorligiga salbiy taʼsirini oldini olish va kamaytirish bo‘yicha manzilli amaliy takliflarni xorijiy tajribani inobatga olib ishlab chiqish.
  • Tashqi mehnat migratsiyasini oilalarning ijtimoiy-demografik barqarorligiga taʼsirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan usubiyot va amaliy takliflarni joriy etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazish.
  • Tashqi mehnat migratsiyasini oilalarning ijtimoiy-demografik barqarorligiga taʼsirini baholash o‘rganish natijalari asosida maqola tayyorlash.