Xotin-qizlarni bandligini taʼminlashning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmalarini ishlab chiqish

Loyiha maqsadi – ayollar bandligini taʼminlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazish asosida tahlil qilib, sabablarini aniqlash hamda ushbu muammolarni bartaraf etishning ijtimoiy va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Loyiha vazifalari:

·       ayollar ish bilan bandligini taminlash bo‘yicha xorijiy va milliy tajribani o‘rganish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish;

·       sotsiologik so‘rov o‘tkazish va natijasi bo‘yicha axborot-tahliliy maʼlumot taqdim etish;

·       ayollar ish bilan bandligini taminlash yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;

·       “Ayollar bandligini taʼminlashga to‘siq bo‘layotgan ijtimoiy muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari” va “Ayollar bandligini taʼminlashga to‘siq bo‘layotgan iqtisodiy muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari” mavzularida 2 ta o‘quv qo‘llanma yaratish va chop etish.