Institutda “favqulodda vaziyatlarda tezkor xavfsizlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Bugun Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti “Xalqaro aloqalar” bo‘limi boshlig‘i Muxamedov Sherzod Nurmatillayevich tomonidan tayanch doktorantlar uchun “Favqulodda vaziyatlarda tezkor xavfsizlik” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyat – bu muayyan hududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir. Ushbu davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham bu kabi noxush holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbatida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan shu va boshqa dolzarb mavzularga alohida to‘xtalib, hayotiy misollar keltirib o‘tildi. Korxona, tashkilotlar va turar-joylarda belgilangan qoidalarga amal qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish yuzasidan tushunchalar berildi.