“Yangi o‘zbekistonda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning o‘ziga xosligi” mavzusida o‘quv-seminar
#️⃣o‘quv_seminar

Uchtepa tumanida o‘tkazilgan mazkur seminar-treningda pedagogika fanlari nomzodlari – F.Abdurahimova va X.Norqulov, shoira Sh.Salimova, Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari M.Aripova, mahalla xotin-qizlar faollari, tuman “Oqila ayollar” harakati, “Targ‘ibot guruhi a’zolari, otinoyilar, O‘zDJTU o‘qituvchi va talabalari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Unda jamiyatda oilani qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga doir masalalar muhokama qilindi, jumladan:
milliy qadriyatlar asosida oila barqarorligini ta’minlash;
yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash;
farzandlar o‘qimishli va kasb-hunarli bo‘lishida ota-onalar mas’uliyatini yanada oshirish.
Tadbirdan so‘ng Respublika ishchi guruhi vakillari tumandagi “Ko‘kcha Oqtepa” mahallasida ajrashish bilan murojaat qilgan fuqaro xonadoniga tashrif buyurdi. O‘rganish jarayonida oilaviy munosabatlar hamda farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatiga doir amaliy tavsiyalar berildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida oilaning yarashuviga erishildi.