Xorazmda malaka oshirish kurslari

03:22 - 22 апрел Янгиликлар
47
ness image

Xorazm viloyatining Xiva shahrida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi. Unda viloyatning Xiva shahri, Xiva, Qo’shko’pir, Yangiariq, Yangibozor tumanlaridan jami 100 nafardan ortiq mahalla xotin-qizlar faollari o’qitilishi rejalashtirilgan. 

Malaka oshirish kurslari 36 soatga mo’ljallangan bo’lib, oila va xotin qizlar masalasiga oid ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-psixologik va huquqiy masalalardagi mavzularni qamrab oladi.

Чоп этиш