#Gender_indekslar haqida nimalar bilamiz?

03:20 - 21 апрел Янгиликлар
46
ness image

 O‘zbekistonda aholi, xususan ayollar orasida raqamli to‘lovlardan foydalanish darajasi yildan yilga o‘sib bormoqda. 2014-yilda ayollarning atigi 12 foizi, erkaklarning esa 18 foizi onlayn to‘lov amalga oshirgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 25 va 34 foizga oshdi. 2021-yilga kelib, ayollarning raqamli to‘lovlardan foydalanishi 42 foizga, erkaklarniki esa 43 foizga chiqdi. Avvalgi 6–9 foiz atrofidagi gender tafovut deyarli yo‘qolib, 1 foizgacha qisqardi. 2025-yilga kelib esa ayollar orasida raqamli to'lovlardan foydalanish darajasi 50%dan oshishi kutilmoqda. Bu natijaga raqamli moliya xizmatlarini yengillashtirishga qaratilgan islohotlar, ayniqsa «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturi, POS terminallar ko‘payishi va ommaviy onlayn to‘lov tizimiga o‘tish sabab bo‘lmoqda. Ayollar orasida Click, Payme, Apelsin kabi hamyon ilovalari tez kengaydi. Biroq shunga qaramay, qishloqlarda internet qamrovi pastligi va moliyaviy savod (ayollarning 30%ga yaqini hali ham “PIN‑kodni xavfsiz saqlash” kabi bazaviy ko‘nikmalarga ega emas) yetishmasligi ayollarni to‘liq raqamli tizimga kirish bo’yicha ma’lum darajada to’siqlar saqlanib qolishiga olib kelmoqda. Buni bartaraf etish uchun ayollar rahbarligidagi kichik bizneslar uchun komissiyasiz davrni uzaytirish, telefonga ulangan mikrojamg‘arma xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, qishloq hududlarda 5G minoralarini soliq imtiyozi bilan rag‘batlantirish hamda «Ayollar uchun FinLab» kabi qisqa va amaliy o‘quv dasturlarini joriy etish tavsiya etiladi.

Чоп этиш