Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida mahalla xotin-qizlar follari uchun malaka oshirish kurslari

03:43 - 13 сентябр Янгиликлар
51
ness image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori 3-ilovasi 67-bandida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, jumladan, mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining 2024-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash to‘g‘risida”gi VM-178-son qarori 1-ilovasi III-8-bandida mahalladagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish vazifalari Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga yuklatilgan. Shu munosabat bilan Institut tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari va mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. 

Mazkur dastur asosida joriy yilning 11-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida mahalla xotin-qizlar follari uchun malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi tashkil etildi. Kirish qismida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Abduramanov Xamid Xudoybergenovich so‘zga chiqib, o‘quv kursining dolzarbligi va bugungi kundagi ahamiyatini atroflicha yoritib, zaruriy taklif va tavsiyalar berdi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduramanov Xamid Xudoybergenovich O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zarararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga qarshi kurash hamda oilaviy ajrashishlar yuzaga kelishining pedagogik-psixologik sabablari, ajrashish tashabbuskori, ajrashishlarning oldini olishga qaratilgan metodlar, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual ishlash mexanizmi, oilalarni asrab qolishning ilmiy, pedagogik va psixologik usullari va ajrashish yoqasidagi oilalarning farzandlari bilan ishlash tartibi, oilalardagi nizo sabablarini diagnostika qilish, er va xotinning ongida ajrashishga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, oilaviy ajrashishlarni hal qilishda hamkor tashkilotlar bilan ishlash mexanizmlari kabi mavzularda maruza qildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutning sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Xodjayev Sobir Djumayevich faollarga “Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada “O‘zbekiston Respublikasi ayollar tashqi migratsiyasining tahlili”, “Migratsiya va ayollar mehnat migratsiyasi”, “Ayollar migratsiyasi va uning oqibatlari” kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib borildi. Bundan tashqari, migratsiya, tashqi va ichki migratsiya, shuningdek, ayollar migratsiyasi oqibatida yuzaga keladigan mammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib o‘tildi. Mashg‘ulot davomida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitasiya qilish va moslashtirishni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari, Og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish masalalariga alohida to‘xtalib, keyslar bilan ishlandi.

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jabborov Ulug‘bek tomonidan “Ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va boshqa sohalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari” mavzusida mashg‘ulot olib borildi. Unda hozirgi kunda xotin-qizlarning yurtimizda tutgan o‘rni, ularning jamiyat hayotida nufuzini har tomonlama oshirish, ularning ta’lim olishi, ularni ish bilan ta’minlash, ularning mavqeyini oshirish masalasida samarali ishlar, xotin-qizlarning ta’lim olishlaridagi mavjud tafovutlar, jamiyatda saqlanib qolgan stereotiplar tufayli xotin-qizlar faqat maishiy hayotda asqatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy kasblarni egallashga intilishilari borasidagi taklif-mulohazalar berib o‘tildi. Shuningdek, dotsent tomonidan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida “Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish” mazmun-mohiyati va vazifasi xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori – Xonturayev Bobur Azimovich Mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilarning “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha batafsil maruzalar o‘qildi. Mashg‘ulotda mahalla xotin-qizlar faolining kasbiy faoliyatiga bugungi kunda qo‘yiladigan zamonaviy talablar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari hamda ularning kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo'lim boshlig'i Norqulov Xusniddin Do'stbekovich "Oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va mustahkamlash masalalari" mavzusida mashg'ulot olib bordi. Mashg'ulot davomida xotin-qizlar faollariga O'zbekistonda oila institutini amalda mustahkamlash masalalari, "Sog'lom oila - sog'lom jamiyat" g'oyasini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan davlat siyosatining olib borilishi, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni ta'minlashning huquqiy-me'yoriy asoslari, oilaviy munosabatlarda ma'naviy-axloqiy muvozanatning o'ziga xos xususiyatlari qanday bo'lishi haqidagi mavzularda ko'rsatma va tavsiyalar berildi. Mashg'ulot bahs-munozaralarga boy tarzda olib borildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alimov Sardor “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar oila va xotin-qizlar tizimida hamkorlik, oila va xotin-qizlar tizimida hamkor tashkilotlar, ya’ni mahalliy hokimiyat, ichki ishlar, bandlik hamda adliya organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, diniy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish masalalari xususida nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda oilalarni mustahkamlashda va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari, “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlik yo‘nalishlari, “Ayollar maslahat kengashlari”ning vazifalari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish, “Ota-onalar universitetlari”ning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha malakalarga ega bo‘ldilar.

👉 Fotolavha

Чоп этиш