Abdurahimova Farida Yo‘ldoshevna “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institut bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

05:31 - 6 сентябр Янгиликлар
74
ness image

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yilning 6-sentabrda Abdurahimova Farida Yo‘ldoshevnani “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i sifatida tanishtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar Gʻulomova ishtirok etdi.

Abdurahimova Farida Yo‘ldoshevna Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida 30 yilga yaqin Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritib, mamlakatimizda oila institutini rivojlantirish, xotin-qizlar uchun farovon turmush sharoitini yaratish, ularning jamiyatdagi mavqeini oshirish borasida samarali va fidokorona xizmat qilgan. 

2019-yildan hozirgi vaqtgacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xotin-qizlar bilan ishlash va targ‘ibot guruhlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyati davomida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarida, qolaversa, ayollar orasida radikalizmning oldini olish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirgan. Farida Yo‘ldoshevna “Do‘stlik” ordeni, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Mehnat faxriysi” I-darajali ko‘krak nishoni, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. 

F.Yo‘ldoshevnaning ulkan tajribasi, yuksak yetakchilik iqtidori oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘nalishini yanada takomillashtirishga xizmat qilishiga ishonamiz. Sihat-salomatlik, muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Чоп этиш