Bayram muborak!

03:15 - 1 сентябр Янгиликлар
79
ness image

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi xalqimizni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik kuni bilan chin dildan qutlaydi! Elu yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayramning 33 yilligi shod-hurramlik ila kutib oladigan bu muqaddas diyordagi erkin va ozod kunlarimiz abadiy bo‘lsin. 

Jonajon Vatanimizdan xotirjamlik, ahillik, fayz-baraka hech qachon arimasin! Ezgu intilish va ishlarimizda Yaratganning o‘zi hamisha madadkor bo‘lsin!!

Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Чоп этиш