Xorazm viloyatining Urganch shahrida mahalla xotin-qizlar follari uchun malaka oshirish kurslari

05:22 - 28 август Янгиликлар
90

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori 3-ilovasi 67-bandida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, jumladan, mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining 2024-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash to‘g‘risida”gi VM-178-son qarori 1-ilovasi III-8-bandida mahalladagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish vazifalari Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga yuklatilgan. Shu munosabat bilan Institut tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. 

Mazkur dastur asosida joriy yilning 23-avgust kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida mahalla xotin-qizlar follari uchun malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi tashkil etildi. Kirish qismida Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Kutlimuratova Nigora Masharipovna hamda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Yulchiyeva Dildora so'zga chiqib o’quv kursining dolzarbligi va bugungi kundagi ahamiyatini atroflicha yoritib, zaruriy taklif va tavsiyalar berishdi.

ness image

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alimov Sardor “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar oila va xotin-qizlar tizimida hamkorlik, oila va xotin-qizlar tizimida hamkor tashkilotlar, ya’ni mahalliy hokimiyat, ichki ishlar, bandlik hamda adliya organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, diniy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish masalalari xususida nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda oilalarni mustahkamlashda va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari, “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlik yo‘nalishlari, “Ayollar maslahat kengashlari”ning vazifalari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish, “Ota-onalar universitetlari”ning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha malakalarga ega bo‘ldilar.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Bo‘riyeva Mahbuba Shavkatovna tomonidan bugungi kunda Mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyatida kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlar – oiladagi nizolar bilan bog'liq muammolar yuzasidan mashg'ulotlar olib borildi. Mazkur masalalar hamda u bilan bog'liq omillar bo‘yicha mashg‘ulot davomida nizoli oilalar, oilaviy nizolar va ularning turlari, nizoli vaziyatlar, oilaviy ajrashishlarga sabab bo‘luvchi omillar hamda ajrashish yoqasidagi oilalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar berildi. Mashg‘ulotda tinglovchilarga nizoli va ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalarning psixologik muhitini sog‘lomlashtirish mavzusida treninglar o‘tkazildi. Treningda er-xotin o‘rtasidagi nizolar, qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar, qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar, ovsinlar o‘rtasidagi nizolar, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar, psixologik xizmat turlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori – Xonturayev Bobur Azimovich tomonidan Mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilar uchun “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha batafsil maruzalar o‘qildi. Shuningdek, mashg‘ulotda bugungi kunda mahalla xotin-qizlar faolining kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari hamda ularning kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) – Xodjayev Sobir Jumayevich qatnashchilarga “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda tinglovchilar oila va xotin-qizlar tizimida hamkorlik qilish, shuningdek, mazkur tizimdagi hamkor tashkilotlar, ya’ni mahalliy hokimiyat, ichki ishlar, bandlik hamda adliya organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, diniy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish masalalari xususida, jumladan, nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda, oilalarni mustahkamlashda va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari, “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlik yo‘nalishlari, “Ayollar maslahat kengashlari”ning vazifalari hamda ular taqdim etadigan imkoniyatlardan foydalanish, “Ota-onalar universitetlari”ning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha malakalarga ega bo‘ldilar.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent – Ulug‘bek Jabborov tomonidan “Ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va boshqa sohalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari” mavzusida mashg‘ulot o‘tildi. Unda hozirgi kunda xotin-qizlarning yurtimizda tutgan o‘rni hamda ularning jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oshirish, ularning ta’lim olishi, ularni ish bilan ta’minlanishi, ularning mavqeyini oshirish masalasida samarali ishlar, xotin-qizlarning ta’lim olishlaridagi mavjud tafovutlar, jamiyatda saqlanib qolgan stereotiplar tufayli xotin-qizlar faqat maishiy hayotda asqatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy kasblarni egallashga intilishilari borasidagi taklif-mulohazalar berib o‘tildi. Shuningdek, dotsent tomonidan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida “Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish” mazmun-mohiyati va vazifasi xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i – Xusniddin Do‘stbekovich Norqulov malaka oshirish kursi qatnashchilariga “Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va mustahkamlash masalalari” mavzusida mashg‘ulot olib bordi. Unda xotin-qizlar faollariga O‘zbekistonda oila institutini amalda mustahkamlash masalalari, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat" g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan davlat siyosatining olib borilishi, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni ta’minlashning huquqiy-me’yoriy asoslari, oilaviy munosabatlarda ma’naviy-axloqiy muvozanatning o‘ziga xos xususiyatlari qanday bo‘lishi lozimligi haqidagi mavzularda ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Mashg‘ulot bahs-munozaralarga boy tarzda bordi.

👉Fotolavha

Чоп этиш