“Kitoblar karvoni” Toshkent viloyatida

04:49 - 20 август Янгиликлар
154
ness image

 “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti  tomonidan uslubiy qoʻllanma va targ‘ibot materiallari tayyorlanib, “Kitoblar karvoni” tashkil qilinmoqda va respublikamizdagi mahalla xotin-qizlari faollariga yetkazib berish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Navbatdagi “Kitoblar karvoni”da 7 nomdagi jami 7 ming ikki yuz nusxaga yaqin uslubiy qoʻllanma va targ‘ibot materiallari Toshkent viloyatiga yetkazib berildi.  “Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohga qarshi birga kurashamiz”, “Sog‘lom oila – kelajak poydevori”, “Mahallada oila farovonligi: milliy qadriyatlar va odob durdonalari”, “Jinoyatchi ayollar psixologiyasi”, “Kiberzo‘ravonlikdan himoyalanish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?”, “Kiberxavfsizlik bo‘yicha ota-onalarga tavsiyalar”, “Oilaviy nizolarni yechishda g‘azabni boshqarish usullari”    kabi ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar mahalla mutaxassislari faoliyatiga yordam beradi.

👉 Fotolavha

Чоп этиш