Milliy va umuminsoniy ma‘naviy qadriyatlar
Bu har bir oilada oila a‘zolari tomonidan qadrlanadigan, sulolalar g‘ururiga aylangan, avloddan-avlodga ma‘naviy boylik sifatida o‘tib, boyib, takomillashib, jamiyatda oila imijini namoyon etadigan an‘analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, axloq-odob, kiyinish, yurish-turish, o‘zaro muloqot va munosabatlar qoidalaridan iboratdir.
Xususan:
- axloq-odob asosida ro‘zg‘or yuritish qonun-qoidalari, xonadonning ekologik ozodaligi, tartib-qoidalarga rioya etish, oilaning “yashil makon” g‘oyasiga amal qilishi, sog‘lom ma‘naviy muhiti, tadbirkorligi, maqsad va vazifalari, kundalik hayoti, o‘zaro do‘stona munosabati va boshqalar;
- o‘zbek oilalari bilan bog‘liq marosimlar – “Mehmon kutish”, “Nikoh to‘yi”, “Beshik to‘yi”, “Sunnat to‘yi” kabi turli to‘y va ma‘raka marosimlari, milliy va diniy qadriyatlar va boshqalarni kamxarj va tartibli o‘tkazish;
- milliy kasb-hunar mahsulotlari – kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik, do‘ppido‘zlik, tikuvchilik, dehqonchilik, chorvachilik va boshqalar;
- millatning ichki va tashqi dunyosini namoyon etuvchi milliy liboslar – atlas ko‘ylak, nimcha, do‘ppi, to‘n va boshqalar;
- milliy odob-axloq qoidalari – salomlashish, ota-onalar, qarindosh-urug‘larga va barcha yosh-keksalarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat-izzatda bo‘lish, shuningdek, sadoqatlilik, poklik, yordamga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnatsevar, or-nomusli, ibo-hayoli, sabrli va shukurli bo‘lish.

Ushbu qadriyatlarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazib berish borasida nimalarga e‘tibor qaratmoq kerak?
- Oilaviy milliy qadriyatlarni yoshlarga o‘rgatishda bobo-buvi va ota-onalarning mas‘ulligini oshirish;
- Jamiyatda har bir inson qayerda va qaysi lavozimda ishlashidan qat‘iy nazar, uning so‘zi bilan xatti-harakati uyg‘un bo‘lishi va u shu ishlari bilan barchaga, ayniqsa, yoshlarga o‘rnak bo‘lishi;
- Barcha ta‘lim (maktabgacha, umumiy va oliy ta‘lim) muassasalarida, mahalla fuqarolar yig‘inlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda, avvalo, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- Targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan odob-axloq qoidalarini milliy xalq o‘yinlari, xalq ertaklari, allomalarning hikmatli so‘zlari, A.Fitratning “Oila”, Kaykavusning “Qobusnoma” kitoblaridan keng foydalanish;
- Keksalarga hurmat, yoshlarga izzat, Vatanga muhabbat tuyg‘larini ta‘lim muassasalarida “Oilam – faxrim”, “Vatan – ona kabi muqaddas”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” mavzularida insholar tanlovini o‘tkazish orqali qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin.
🤝 Bizni kuzating:
👉 Telgram https://t.me/mahallavaoila_instituti
Instagram http://instagram.com/oilavaxotinqizlarinstituti/
Facebook http://facebook.com/oilavaxotinqizlarinstituti/
WEB-saytimiz http://moiti.uz/
Ilmiy loyihalarimiz https://moiti.uz/oz/static/projects