Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda jamiyat barqarorligini ta‘minlashda ayollarning o‘rni va roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.
Konferensiyaning maqsadi – O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xotin-qizlarning jamiyat barqarorligini ta‘minlashdagi o‘rni va roli, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida ayollar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish, ularni tizimli bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Konferensiyani o‘tkazish shakli: an‘anaviy shakl (shaxsiy ishtirok) va onlayn.
O‘tkazish vaqti: 2025-yil 21-oktabr.