Siz qaysi turga kirasiz?

03:18 - 3 Iyun Yangiliklar
23

Ko‘pchilik o‘zining introvert yoki ekstrovert ekanligiga ishonadi, lekin haqiqatda buni aniq bilish uchun ilmiy testdan o‘tganmisiz? Ayzenkning mashhur testi orqali bu savolga javob topamiz! 10 ta savolga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob bering va natijalarni bilib oling.

ness image

📌 Savollar:

1️⃣   Yangi tanishlar orttirishni yoqtirasizmi?

2️⃣   Odatda, tadbirlarda faol bo‘lasizmi?

3️⃣   Vaqtni ko‘proq yolg‘iz o‘tkazishni afzal ko‘rasizmi?

4️⃣   Ko‘pincha diqqat markazida bo‘lishni xohlaysizmi?

5️⃣   Telefon orqali suhbatlashishni yoqtirasizmi?

6️⃣   Qaror qabul qilishda boshqalardan maslahat so‘rashni yaxshi ko‘rasizmi?

7️⃣   Ko‘pincha o‘zingizni energiyaga to‘la his qilasizmi?

8️⃣   Vaqti-vaqti bilan shovqinli joylardan qochishga harakat qilasizmi?

9️⃣   Do‘stlaringiz bilan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutasizmi?

1️⃣0 Ko‘pincha shoshilinch qaror qabul qilasizmi?

Natijalar 👇

✅ 7 va undan ko‘p “Ha” → Siz ekstrovertsiz!

Siz odamlar bilan muloqot qilishni, yangi tanishlar orttirishni yaxshi ko‘rasiz. Faol va energiyaga to‘lasiz!

🟡 4–6 “Ha” → Siz ambivertsiz!

Sizda ham introvertlik, ham ekstravertlik xususiyatlari bor. Muayyan vaziyatga qarab o‘zgarasiz.

🔵 3 va undan kam “Ha” → Siz introvertsiz!

Siz yolg‘izlikni yoqtirasiz va ko‘proq ichki dunyoga yo‘nalgansiz. Odamlar orasida bo‘lishdan tez charchashingiz mumkin.

📝 Sizning natijangiz qanday chiqdi? Izohlarda yozib qoldiring!

📢 Do‘stlaringiz bilan ulashing va ularning natijalarini bilib oling!

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktornati

Saodat Jumaqulova

tomonidan tayyorlandi

Chop etish