“Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: farovon oila va barqaror kelajak” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi
#Xalqaro_konferensiya

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: farovon oila va barqaror kelajak” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi oila institutini mustahkamlash, mas‘uliyatli ota-onalikni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, raqamli texnologiyalar ta‘sirida oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirish hamda milliy qadriyatlarga asoslangan farovon va barqaror oilalarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy, uslubiy va amaliy yondashuvlarni muhokama qilishdan iborat.
Konferensiya ishtirokchilari “Yashil oila” modeli: xorijiy tajriba va milliy yondashuvlar”, “Oilalar farovonligi va kambag‘allikni qisqartirish – demografik barqarorlik hamda ijtimoiy taraqqiyot mezoni sifatida”, “Mas‘uliyatli ota-onalik madaniyatini shakllantirish mexanizmlari”, “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorgarlik darajasini oshirishning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma‘naviy yechimlari” hamda “Oilada gender tengligini ta‘minlash – barqaror rivojlanish kafolati” kabi 5 ta sho‘ba yig‘ilishlarida o‘zaro fikr almashdilar.