Ota-onalikka ma‘naviy tayyorlikning 4 bosqichi

04:26 - 12 May Yangiliklar
34

#️⃣ota-onalarga maslahat

ness image

1️⃣ Ota-onalikning ahamiyatini anglash, avvalo, ota-ona o‘z burchini chuqur his qilishi, bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishi uchun hayotning barcha sohalarida sidqidildan harakat qilishi demak.

2️⃣ Farzand tarbiyasiga oid bilimlarni egallash – farzand tarbiyasiga oid ilmiy, ma‘naviy va amaliy bilimlarni chuqur o‘rganish. Chunki farzandni sog‘lom, ma‘naviy boy va mustaqil fikrli inson qilib voyaga yetkazish yuksak ma‘rifat va to‘g‘ri bilim talab qiladigan mas‘uliyatli jarayondir.

3️⃣ Ruhiy barqarorlik va mas‘uliyat hissini rivojlantirish – insonning hayotda yolg‘iz emasligini his etishi, o‘zaro mehr-oqibat va suyanch muhitini shakllantirishi, his-tuyg‘ularini barqaror jilovlay olishi hamda oilasi oldidagi burchini anglab, unga mas‘uliyat bilan yondashishiga zamin yaratishidir.

4️⃣ Ma‘naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish va uzatishga tayyorlik – ota-onaning o‘z hayotida mehr-oqibat, halollik, adolat, bag‘rikenglik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni namoyon qilishi va ularni farzandiga o‘rgatishga tayyor bo‘lishi.

Chop etish