“Milliy qadriyatlar - jamiyat barqarorligi kafolati” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi

04:21 - 12 May Yangiliklar
32

#️⃣Ma‘naviy_ma‘rifiy_tadbir

ness image

Poytaxtning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Nurmatova, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi O.Musurmonova, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sh.Sultonova va tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Z.Inoyatovalar ishtirok etdi. O.Musurmonova o‘z ma‘ruzasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, erta nikoh va erta tug‘uruq holatlarini kamaytirish, to‘y marosimlarini ixchamlashtirish va xotin-qizlar migratsiyasi kabi dolzarb masalalarga alohida e‘tibor qaratdi. Shuningdek, tadbir davomida ayollar bandligini ta‘minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Chop etish