Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari va funksiyalari.

09:39 - 7 May Yangiliklar
41

#️⃣siz uchun foydali

ness image

Xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ularning faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta‘minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan hamkorlik sohasida:

  • xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, vakansiya va zaxira (kvota) ish o‘rinlari haqida axborot berish;
  • xotin-qizlarga haq to‘lanadigan jamoat ishlari, kooperativlar, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilish tartiblari haqida axborot berish;
  • xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha tashkiliy ishlarda ko‘maklashish;
  • xotin-qizlarni ishga joylashtirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, kooperativlarga, tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish uchun mas‘ul bo‘lgan idoralarga ko‘maklashish;
  • mehnat yarmarkalari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlarga xotin-qizlarni jalb etish;
  • ushbu masalalar bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta‘minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan doimiy ravishda hamkorlik qilish hamda axborot almashish.


Chop etish