Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari va funksiyalari

04:56 - 6 May Yangiliklar
13

#Siz_uchun_foydali

ness image

Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari va funksiyalari

  • xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma‘naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma‘naviy-axloqiy muhiti va an‘anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta‘minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan hamkorlik qilish;
  • “Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko‘maklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;
  • xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish.
Chop etish