Ota-onalik modelidagi madaniy farqlar: qiyosiy tahlil

Har bir jamiyatda ota-onalik nafaqat biologik, balki ijtimoiy va madaniy institut sifatida shakllanadi. Bu institutning shakli esa har bir xalqning qadriyatlari, tarbiyaviy yondashuvlari va gender rollariga bo‘lgan qarashlari bilan chambarchas bog‘liq.
Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, G‘arbiy jamiyatlar (masalan, AQSh, Kanada, Skandinaviya davlatlari)da ota-onalar farzandni mustaqillikka o‘rgatishga, o‘z fikrini aytish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga urg‘u berishadi. Bu yerda ota va ona roli teng taqsimlanadi, ya‘ni erkaklar ham bola tarbiyasi va parvarish qilishda faol ishtirok etadi.
Sharq jamiyatlarida esa (masalan, O‘zbekiston, Yaponiya, Hindiston) ota-onalik ko‘proq avlodlar davomiyligi, hurmat, itoat va oilaviy birdamlik qadriyatlari asosida quriladi. Bu madaniyatlarda ota ko‘proq nazorat va intizom tarafdori bo‘lib, ona esa mehr va parvarish timsolida gavdalandi.
Masalan, Hofstede‘ning madaniyatlararo tadqiqotlarida individualizm-individualizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan jamiyatlarda bolaga shaxs sifatida qaraladi, kollektivizm kuchli bo‘lgan jamiyatlarda esa u, avvalo, oila a‘zosi sifatida ko‘riladi.
Xulosa:
Ota-onalik modeli universal emas, u har bir xalqning madaniyati, dini, ijtimoiy tuzilmasi va tarixiy tajribasiga ko‘ra farqlanadi. Bu farqlarni tushunish esa xalqaro munosabatlar, migratsiya, ta‘lim va psixologik yordam sohalarida muhim ahamiyatga ega.
Sizningcha, bizning jamiyatda ota-onalik modelining qaysi jihatlari saqlanib, qaysilari o‘zgarib bormoqda?
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Dehqonboyeva Zulayho tomonidan tayyorlandi