“Ona. Jamiyat. Kelajak” mavzusidagi xalqaro ayollar forumi

06:31 - 20 May Yangiliklar
51

#xalqaro_hamkorlik

ness image

Joriy yilning 15–16-may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahrida “Ona. Jamiyat. Kelajak” mavzusida xalqaro ayollar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Gulmira Tleuova ham ishtirok etdi. 

Qozog‘iston xalqi Assambleyasi Onalar kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur forum ishida qatnashgan xalqaro ekspertlar zamonaviy jamiyatlar duch kelayotgan globallashuv, raqamlashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi. Shuningdek, bunday qiyin vaziyatda oilalarda onaning roli katta ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlab o‘tildi. Zero, onalik va farzand tarbiyasi nafaqat alohida oilaning shaxsiy ishi, balki milliy xavfsizlik va davlat barqarorligining strategik masalasidir. Forumda ayni shu masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Chop etish