Xalqaro konferensiya bo‘lib otmoqda

05:48 - 22 Noyabr Yangiliklar
161
ness image

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida “O‘zbekistonda demografik dividenddan foydalanish: inson kapitalini rivojlantirish orqali ayollar va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib otmoqda. Mahalliy va xorijiy soha mutaxassislarini bir davrada jamlagan tadbirda “Kelajak ishchi kuchini shakllantirish: tendensiyalar, talab va taklif, mehnat bozori uchun innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirish”, “Gender dividend sifatida ayollar va qizlarga sarmoya kiritish”, “Keksayishga ijtimoiy yondashuv: kelajakka nazar” kabi dolzarb masalalarga e‘tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini yana-da kengaytirish masalasi ham muhokamalar markazidagi asosiy mavzulardan bo‘ldi. Mazkur muloqotlar orqali vazirlik va idoralar hamda ekspertlar uchun demografik tendensiyalarni prognoz qilish va samarali integratsiya qilish uchun demografik barqarorlik bo‘yicha munozaralarda qatnashish uchun platforma yaratildi.

Chop etish