Andijonda malaka oshirish kurslari boshlandi
Xabaringiz bor, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan hududlarda mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etib kelinmoqda.
Andijon viloyatining Andijon shahrida mahalla xotin-qizlar follari uchun malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutu direktor o‘rinbosari Xamid Abduramanov so‘zga chiqib o‘quv kursining dolzarbligi va ahamiyati haqida atroflicha ma‘ lumot berdi. Bir hafta davomida Andijon viloyatining barcha mahalla xotin-qizlar faollari ish faoliyatlari uchun zarur mavzular bo‘yicha o‘z bilimlarini oshiradilar.