Andijonda malaka oshirish kurslari davom etmoqda

11:57 - 20 Dekabr Yangiliklar
148
ness image

Oila va gender ilmiy-taqqiqot instituti ilmiy xodimi Mahbuba Bo‘riyeva bugungi kunda Mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyatida kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlar oiladagi nizolar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan mashg‘ulotlar olib bordi. Mazkur masalalar hamda u bilan bog‘liq omillar yuzasidan Mashg‘ulot davomida nizoli oilalar, oilaviy nizolar va ularning turlari, nizoli vaziyatlar, oilaviy ajrashishlarga sabab bo‘luvchi omilar hamda ajrashish yoqasidagi oilalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar berildi. Mashg‘ulotda tinglovchilarga nizoli va ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalarning psixologik muhitini sog‘lomlashtirish mavzusida treninglar o‘tkazildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Alimov “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma‘ruza qildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar oila va xotin-qizlar tizimida hamkorlik, oila va xotin-qizlar tizimida hamkor tashkilotlar, ya‘ni mahalliy hokimiyat, ichki ishlar, bandlik hamda adliya organlari, ta‘lim va tibbiyot muassasalari, diniy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish masalalari xususida nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Chop etish