#Yil_sarhisobi
08:16 - 22 Dekabr
Yangiliklar
157
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024-yilda 65 ta uslubiy materiallar tayyorlandi. Jumladan, 8 ta monografiya, 28 ta ilmiy, uslubiy va metodik qo‘llanmalar, 5 ta risola, 17 ta buklet va flayerlar, 2 ta ilmiy-ommabop to‘plam, 5 ta forum va konferensiya materiallari to‘plami nashrga tayyorlandi. 15 nomdagi adabiyot uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi” davlat
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Farovon oila – kelajak poydevori” mavzusi doirasida 2 ta innovasion va 10 ta amaliy, keksa avlodning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalari doirasida 5 ta amaliy loyiha amalga oshirildi hamda ularning natijasida . 41 ta tahliliy ma‘lumot tayyorlandi va faoliyatida foydalanish uchun mutasaddi tashkilotlarga taqdim etildi.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash veb-platformasi (https://oilaqadriyat.uz) yaratildi, unga 5 ta yo‘nalishda 100 ga yaqin ma‘naviy qadriyatlar haqida ma‘lumot beruvchi “Oilaviy qadriyatlar katalogi”, 10 dan ortiq millat vakillarining oilaviy qadriyatlar tizimi tahlili asosida “Yangi O‘zbekiston – ko‘p millatli oila” rukni, dunyo mamlakatlaridagi oilaviy qadriyatlar tahlili, infografikalar va foydali resurslar joylashtirildi.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan uzgender.uz platformasi (https://uzgender.uz) yaratildi, unga gender elektron korpus va lug‘at, “huquqiy maslahat”, “ayollarga va qizlarga maslahatlar” va “psixologik maslahatlar” turkumi ostida interaktiv xizmatlar, gender tahliliy axborotnoma, gender raqamli kutubxona, onlayn mashg‘ulotlar joylashtirildi.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Gender indekslar katalogi” (https://genderindeks.uz) platformasi ishga tushirildi, unda genderga oid 20 ga yaqin indekslar ro‘yxati shakllantirildi.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Xonadon gigiyenasini baholash” elektron platformasi (https://oila.etruck.uz) va “Maishiy gigiyena yulduzlari” telegram-bot (@honadonstarbot) yaratildi. Platformaga “Xonadon gigiyenasini besh yulduzli mezon asosida baholash” elektron hududiy xaritasi, 9 ta videodarsdan iborat bo‘lgan onlayn o‘quv kursi, sifatli ichimlik suvi, xavfsiz kanalizasiya tizimi bilan ta‘minlanganlik darajasi bo‘yicha ma‘lumotlar, maqolalar, fotogaleriyalar joylashtirildi.
- Tajriba tariqasida Chimboy tumanidagi “Obod makon” va “Berdaq”, Marg‘ilon shahridagi “Yangi-bog‘” va “G‘uravval”, Mirobod tumanidagi “Qorasuv”, Shayxontohur tumanidagi “Kamolon darvoza” mahallalarida yoshi katta aholi orasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida 120 nafar ko‘ngillidan iborat jamoani shakllantirilib, ularga seminar-teringlar o‘tkazildi hamda ular faoliyatining davomiyligini ta‘minlash choralari ko‘rildi.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Mas‘uliyatli ota-onalik mezonlari ishlab chiqildi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlariga tayebiq etildi.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekistonda ilk marotaba milliy faol keksayish indeksi ishlab chiqildi hamda mamlakatimizda aholining faol va sog‘lom keksayishi uchun ularning foydalanilmayotgan salohiyati baholandi.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar rolini yana-da oshirishga qaratilgan “Ayollar ensiklopediyasi”ni yaratildi.
- Institut tomonidan 28 ta o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik va amaliy qo‘llanma, 8 ta monografiya, 5 ta risola, 2 ta ilmiy-ommabop to‘plam, 5 ta forum va konferensiya materiallari to‘plami, 17 ta buklet va flayer tayyorlandi. Shundan 14 ta o‘quv-uslubiy va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, 14 ta buklet umumiy sonda 231 300 nusxada nashr qilindi.
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi xodimlari faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13 nomdagi 130 000 nusxada uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar tizim xodimlariga yetkazib berildi.
- Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid 5 ta xalqaro indeks va reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.
- Toshkent, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlariga “Kitoblar karvoni” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha orqali mahalla xotin-qizlar faollariga oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir 16 nomdagi jami 63 480 nusxada uslubiy materiallar yetkazildi.
- Institut xodimlari tomonidan 36 ta OAK jurnallari, 8 ta “Scopus”, “ScienceDirect”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma‘lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnal va konferensiyalarda, 29 ta xalqaro va 54 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda maqolalar nashr qilingan.
- Tasdiqlangan reja grafik asosida joriy yilning may – dekabr oylarida respublikaning 14 ta hududining 66 ta tuman (shahar)laridagi 3 339 ta mahalladan 2 787 nafar mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
- Institut tomonidan yaratilgan 3 ta dasturiy mahsulot va 15 ta uslubiy qo‘llanma va risolaga mualliflik guvohnomalari olingan.
- Turkiyaning Necmettin Erbakan universiteti O‘zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati “Gul Production” mas‘uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
- Institutda 55 nafar tayanch doktorant, 5 nafar doktorant va 24 nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat olib bordi. 2025-yil uchun oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim institutiga 17 nafar tayanch doktorant va 4 nafar doktorant qabul qilindi.
- Institut huzuridagi PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 raqamli Ilmiy kengashda 16 ta falsafa doktori va 1 ta fan doktori himoyalari bo‘lib o‘tdi.
Chop etish