Andijonda malaka oshirish kurslari davom etmoqda

11:58 - 18 Dekabr Yangiliklar
34
ness image

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hamid Abduramanov O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyilllari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigienaning ahamiyati kabi mavzularda ma‘ ruza qildi. Shuningdek, oilaviy ajrashishlarni oldini olishga qaratilgan metodlar, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual ishlash mexanizmi, oilalardagi nizo sabablarini diagnostika qilish, oilaviy ajrimlarni hal qilishda hamkor tashkilotlar bilan ishlash mexanizmlari kabi mavzular boyicha ham foydali ma‘lumotlar berildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Husniddin Norqulov "Oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va mustahkamlash masalalari" mavzusida mashg‘ulot olib bordi. Mashg‘ulot davomida xotin-qizlar faollariga "Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat" g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan davlat siyosatining olib borilishi, oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni ta‘minlashning huquqiy-me‘yoriy asoslari, oilaviy munosabatlarda ma‘naviy-axloqiy muvozanatning o‘ziga xos xususiyatlari qanday bo‘lishi haqidagi mavzularda ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Mashg‘ulot bahs-munozaralarga boy tarzda olib borildi.

Chop etish