“Yangi O‘zbekiston sharoitida bolalar va oilalarning ijtimoiy farovonligi: vaqt nuqtayi nazari bilan” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

06:32 - 31 Oktabr Yangiliklar
348
ness image

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan markazda “Yangi O‘zbekiston sharoitida bolalar va oilalarning ijtimoiy farovonligi: vaqt nuqtayi nazari bilan” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ko‘magida o‘tkazildi. Keng qamrovli tadbir bolalar va oilalarni ijtimoiy himoyalash sohasida ishlovchi mahalliy va xorijiy olimlar hamda amaliyotchilarni birlashtirdi. Anjumanda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva ishtirok etib, nutq so‘zladi. Nodira Egamberdiyeva o‘z so‘zida markazning mashaqqatli faoliyatini eʼtirof etgan holda, alohida eʼtiborga muhtoj bolalarga nisbatan jamoatchilik nuqtayi nazarini o‘zgartirishga intilishda ham ishni, avvalo, oiladan boshlash darkorligini taʼkidladi. Erta turmush, erta tug‘ruq va qarindosh- urug‘lar o‘rtasidagi nikoh kabi qator illatlar bugun oilalarda nogironligi bor farzandlarni dunyoga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Institut tomonidan bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida maʼlumot berildi.

Chop etish