“Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” Seminar-treningining 3chi kuni

O‘quv kursining 3-kunida Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limi boshlig‘i pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gafurova Nodira Mirsalixovna va Oila huquq va gender tengligi bo‘limi boshlig‘i Ismailova Raʼno Nurayevnalar tomonidan “Yosh kelinlarning kiyinish odobi. Kiyinish madaniyati nima? Moda nima? Moda sizni boshqaradimi, yoki Siz modani boshqarasizmi? Mening oiladagi huquqlarim nimalardan iborat? Erimning oilasidagi mening huquqlarim nimalardan iborat? Oilaviy turmush va axloq. Ayollar uchun axloq talablari va xususiyatlari. Muhabbat nima? Mehr nima? Xotin sifatida ayolning majburiyati nima? “Himoya orderi” nima? Himoya orderini qo‘llash bo‘yicha amaliyot tahlili” mavzularida seminar treninglar olib borildi. Kursda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 25 nafar rais o‘rinbosarlari qatnashdi.
Mazkur o‘quv-seminarni Zoom platformasi orqali kuzatganlar ham bo‘ldi. Onlayn tizim orqali, Toshkent viloyatining 23 ta tumanidan 68 nafar tinglovchilar hamda Xorazm shahrining 13 tumanidan 34 nafar amaliyotchi psixolog tinglovchilar ishtirok etishdi. Tinglovchilar mahallarda “Yoshlarning oilaga bo‘lgan munosabati. Nega ajrimlar ko‘p? Oila sizlar uchun muqaddasmi? mavzularida olib boriladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldi, qolaversa, hozirgi kunda nega ajrimlar soni ko‘paymoqda va ularni qanday kamaytirish mumkin, uning uchun mahalla raislari mahallalarda qanday targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishlari kerakligi hususida seminar-treninglardan o‘zlariga xulosalar chiqarib olishdi.
Kurs nihoyasida tinglovchilardan anonimik so‘rovnomalar olinib, unda kurs qanday olib borildi, nimalarni bilib oldilar, o‘quv kursini yana-da samarali bo‘lishi uchun qanday xulosa va takliflar berish mumkinliklari haqida yozib qoldirdi.
Treningda muvaffaqiyatli ishtirok etgan tinglovchilarga institut rahbari Nodira Egamberdiyeva tomonidan sertifikat taqdim etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: telegram, facebook, instagram.
Рус
Eng


