O‘quv-seminar trening davom etmoqda

01:39 - 26 Yanvar Yangiliklar
665
Har bir xonadonda farzand dunyoga kelsa, beshikdan to balog‘at yoshiga yetguncha uni to‘g‘ri tarbiyalash, oilaga yo‘naltirish, bilim olishiga sharoit yaratishda ota-ona oldida katta masʼuliyat turadi. Shuning uchun hozirgi kunda turmushga chiqayotgan yosh qizlarni va oila boshi hisoblanadigan yigitlarni o‘z oldidagi vazifalarini anglashi eng asosiysi hayotiy muammolarni bartaraf etishlarida to‘g‘ri yo‘nalish berilishi muhim hisoblanadi. Bu borada soha vakillari tomonidan bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
ness image

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutidada o‘quv-seminar treninglarni tashkil etish anʼanaga aylangan. Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning 4-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan, “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusidagi o‘quv seminar-treningining mantiqiy davomi sifati 25-yanvardan boshlab o‘quv-seminar treninglar davom etmoqda.

O‘quv kursining 2 kuni ham noanʼanaviy interfaol usullar orqali mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi bo‘limi boshlig‘i filologiya fanlari doktori To‘ychiyeva Gulhumor Ummatillayevna va O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi dotsenti Salimaxon Rustamiy Alibek qizi bilan birgalikda mahallarda “Oilaviy konfliktlar xususiyatlari va milliy o‘ziga xosligi nimada? Oilada ziddiyat yuzaga kelsa nima qilmoq kerak? Mening oilamda ziddiyat yuzaga keldi, nima qilishim kerak? Agressiya, zo‘ravonlik va ular yuzaga kelganda o‘zini qanday tutish kerak. Mening agressiya vaqtidagi xatti-harakatlarim nimalardan iborat. Agressiyaga nisbatan individ tiplari va ularni sharhlash” mavzularida olib borilgan o‘quv-seminar treninglar orqali tinglovchilar muammolarni bartaraf etish yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, ZOOM platformasi orqali ham o‘quv kursini Toshkent viloyatining 21 ta tumanidan 68 nafar tinglovchilar hamda Xorazm shahrining 12 ta tumanidan 24 nafar amaliyotchi psixolog tinglovchilar kuzatib borishdi.


O‘zbekiston Respublikasi  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash

vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot

 instituti Matbuot xizmati

Chop etish