“Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusidagi o‘quv kursi

01:12 - 25 Yanvar Yangiliklar
837
Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘llash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila”ilmiy-tadqiqot institutidada 2021-yil 25-yanvardan “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusida o‘quv kursi boshlandi. O‘quv kursi 3 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani mahallarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. O‘quv kursining maqsad va vazifalari, undan kutiladigan natijalar, o‘quv dasturida nazarda tutilgan mahalla, oila, xotin-qizlarga oid masalalar haqida institut derektori professor N.M.Egamberdiyeva tinglovchilarga to‘liq maʼlumot berdi.
ness image

Shundan so‘ng, professor Oynisa Musurmanova va pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Javdat Po‘latovlar tinglovchilar bilan O‘zbekistonda mahalla va oila institutini yana-da rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida davlatimiz olib borayotgan siyosatning mazmun va mohiyati,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makhkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “OILA INSTITUTINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA YoSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi 820- son qarorining ijrosini taʼmilash yuzasidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlari, Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mutasaddilarning kompetentligi va kreativligi, imiji, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlarning innovatsion tizimi va uning mohiyati (“Ayollar daftari”,”Ayollar maslahat kengashlari”,Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari”) masalalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdilar. Seminar-trening “Qadamba qadam” innovatsion pedagogik texnologiyasi asosida tashkil etildi.Seminar-trening mahallalarda, oilalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida paydo bo‘ladigan muammoli vaziyatlar, holatlar va ularning yechimi bo‘yicha bahs-munozaralar tarzida jonli va qiziqarli tashkil etildi.



Mazkur o‘quv seminari ZOOM dasturi orqali ham butun respublika mahallalari mutaxassislariga havola etildi.

Eslatib o‘tamiz joriy yilning 4-10-yanvar kunlari Viloyat va tuman xokimlarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar bo‘yicha jami 28 nafar o‘rinbosarlari uchun ham “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusida o‘quv-seminar treningi tashkil etilgan edi. Bugundan boshlab o‘tkazilayotgan o‘quv kurslari uning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘llash

 vazirligi huzuridagi

 “Mahalla va oila”ilmiy-tadqiqot

 instituti Matbuot bo‘limi


Chop etish