“Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusida seminar - trening

01:05 - 25 Yanvar Yangiliklar
560
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi o‘quv seminar trening o‘z ishini boshladi.
ness image

 Unda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani MFY raisi o‘rinbosari, mutaxassisi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, reabilitatsiya markazi va pedagog – psixologlaridan 25 nafar ishtirokchi qatnashdi. O‘quv-seminarda tinglovchilar “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusida bilim va tajribalari mustahkamlanmoqda.  Seminar-trening 3 kun mobaynida davom etadi. Undan so‘ng Toshkent shahrining boshqa tumanlaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshliqlari uchun huddi shu tarzda Institutning tajribali professorlari tomonidan treninglar tashkil etiladi. 

Bugungi kunda, institut olimlari tomonidan  yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy, naʼmunali oila mezonlarini joriy etishda, ilmiy jihatdan asoslangan uslubiy qo‘llanmalar yaratilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, mazkur o‘quv-seminar trening joriiy yilning 4-10-yanvar kunlari ham bo‘lib o‘tgan edi. Navbatdagi trening esa uning mantiqiy davomi hisoblanadi. Toshkent shahrining har bir tuman MFY raisi o‘rinbosari, mutaxassisi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, reabilitatsiya markazi va pedagog – psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quvlarda Mediativ texnikalar, Konfliktologiya fani nima? Oilaviy mojarolar. Nima uchun nizo va ziddiyatlar vujudga keladi. Konfliktlar hayotning ajralmas qismi ekanligi. Konfliktlar turlari. Konfliktlar bizda qanday hissiyotlarni uyg‘otadi?, Agressiya, zo‘ravonlik va ular yuzaga kelganda o‘zini qanday tutish kerak. Mening agressiya vaqtidagi xatti-harakatlarim nimalardan iborat. Agressiyaga nisbatan individ tiplari va ularni sharhlash. Amerika (Konflikt resolution) metodologiyasi, oilaviy turmush va axloq. Ayollar uchun axloq talablari va xususiyatlari. Muhabbat nima? Mehr nima? Xotin sifatida ayolning majburiyat

i nima?, Prenapadeya nima? Prenapadeya asoslari. Oilada bola tarbiyasi qachondan boshlanadi?, Yoshlarning oilaga bo‘lgan munosabati. Nega ajrimlar ko‘p? Oila sizlar uchun muqaddasmi? mavzularida nazariy-amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani

 qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi

 “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

 Matbuot bo‘limi

Chop etish