Seminar - treningda maʼruza

11:31 - 23 Yanvar Yangiliklar
1142
2021-yil 21-22-yanvar kunlari Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raislari ishtirokida taʼlim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun - mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlar bilan ishlash, gender tenglik masalalari bo‘yicha kengashi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan seminar - trening o‘tkazildi. Mazkur seminar treningda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari,professor Oynisa Musurmanova “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida maʼruza qildi.
ness image

Maʼruzada Murojaatnomada olg‘a surilgan xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish,ularga yangi imkoniyatlar yaratish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron xizmat shakllarini tashkil etish, uy-joy bilan taʼminlash,  ayollarning biznes-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash,“Temir daftar”ga kiritilgan har bir fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak” tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etish, mahallalarda aholini kasb-hunurga o‘qitish markazlari, “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi”  tashkil etish, ehtiyojmand oilalarning farzandlari,chin yetim,nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish, OTM ga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 baravarga ko‘paytish, aʼlo baholarga o‘qiyotgan,ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stependiyalar joriy etish va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarning mohiyati ochib berildi.Murojaatnomada taʼkidlangan mazkur masalalarni taʼlim muassasalarida amaliyotini taʼminlashda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha  kengash raislari oldida turgan vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Chop etish