“Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
O‘tkazilgan sanasi va vaqti: 9.12.2022 soat 10:00
Hamkor tashkilotlar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi, Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi.

O‘zbekistonda gender tengligiga erishish va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida muhim qadamlar qo‘yildi, jumladan, 2019-yilda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun adolat tizimining xotin-qizlar va qizlar huquqlariga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirdi va unda belgilangan yangi kafolatlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha aniq harakatlar belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusidagi “ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUNLIK” turkum tadbirlarni amalga oshirishga start berilgan. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya onlayn va offlayn formatda tashkil etildi. Mazkur xalqaro ilmiy amaliy konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tayziq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, oilaviy zo‘ravonlikka chek qo‘yish, bolalarga nisbatdan shafqatsiz munosabatlarga chek qo‘yish, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, genderga asoslangan zo‘ravonlikka chek qo‘yish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, mamlakatda va butun jahonda tengsizlikka qarshi kurash bo‘yicha keng qamrovli rejani amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan siyosatni keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
“Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 4 ta sessiya asosida o‘tkazildi, yaʼni:
Ø oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish va uning oldini olish;
Ø xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari;
Ø bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat va zo‘ravonlik holatlariga qarshi murosasiz kurashish;
Ø nogironligi bo‘lgan shaxslarni zo‘ravonlikdan himoya qilish.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olishda davlat organlarining roli: muammo va yechimlar”, “Markazlarga murojaat qilayotgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi: muammo va yechimlar”, “Bolalarga nisbatan shafqatsiz yondoshuvning oldini olishga qaratilgan tizimni shakllantrishning dolzarb vazifalari”, “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv jamiyat barpo etish mexanizmlari” kabi 20 ga yaqin maʼruza tinglandi.
Konferensiyada 100 ga yaqin soha vakili, doktarantlar, OAV xodimlari hamda 12 nafar xalqaro tashkilot vakili ishtirok etdi. Mazkur xalqaro konferensiyada tinglangan maʼruzalardan so‘ng ishtirokchilar tomonidan qizg‘in bahs-munozalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida fikr-mulohazalar umumiylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 9-dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferetsiyada ishtirok etuvchi horijiy ekspertlar haqida
M A ʼ L U M O T
Kozog‘iston Respublikasi
Baysakova Zulfiya Muxamedbekovna - "Qozog‘iston inqiroz markazlari ittifoqi" Boshqaruv Raisi.
El. pochta: kzsoyuz@gmail.com, soyuzkz@rambler.ru
Baysakova xonim“Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik: imkoniyatlar, muammolar va yechimlar” mavzusida maʼruza qildi.
Zulfiya Baysakova Olmaota akademiyasini NNT menejment yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini siyosatshunoslik kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan. Odam savdosi va oiladagi zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zining nodavlat tashkilotini tashkil etdi.
“Zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ayollar NNT rivojlantirish”, “Odam savdosi qurbonlari uchun boshpana faoliyatini tashkil etish” “BMT Ayollar” tizimida va “Bolalarga nisbatan og‘ir zo‘ravonlikning oldini olish” UNICEF loyihalari doirasida modullarini ishlab chiqqan va trener sifatida faoliyat oboradi.
Quyidagi komissiyalarning aʼzosi:
- Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi;
- Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Import/eksport va odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyasi;
- Qozog‘iston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi huzuridagi Voyaga etmaganlar va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha idoralararo komissiyasi.
Qirg‘iziston Respublikasi
Aydarbekova Chinara Askarbekovna - “Qirg‘iziston sudya ayollar bilashmasi” JT kuzatuv kengashi raisi. Xalqaro xotin-qizlar uyushmasi aʼzosi.
El. pochta aidarbekova@gmail.com
Aydarbekova xonim “Gender zo‘ravonligi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish uchun sudyalarni o‘qitish masalalari: Qirg‘iziston tajribasi” mavzusida maʼruza qildi.
Chinara Aydarbekovaning ixtisosligi huquqshunoslik. Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish va qonun loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tajribaga ega.
Qirg‘iziston Respublikasi Oliy sudi Konstitutsiyaviy palatasi sudyasi bo‘lib ishlagan. Birinchi malaka toifali sudya, 1-darajali adliya maslahatchisi.
Djamiliya Karapova - “Ensan-Diamond” (Qirg‘iziston) jamoat bilashmasi direktori.
Kontaktlari - (0552) 13-15-07kaparovaj@gmail.com
Karapova xonim “Zo‘ravon shaxslarga nisbatan taʼsir choralarini qo‘llash” mavzusida maʼruza qildi.
Djamiliya Karapova Qirg‘izistondagi xotin-qizlar harakatini shakllantirish va rivojlantirishda faol ishtirok etgan ayollarni avlodidan.
Karapova xonim Qirg‘izis-tonda qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati sohasida o‘n to‘qqiz yillik tajribaga ega. "Ensan Diamond" nodavlat tashkilotning rahbari va asosiy faoliyati gender tengligi, gender asosidagi zo‘ravonlik, demokratik boshqaruv, inson huquqlari, tinchlik o‘rnatish va nizolarning oldini olish, odam savdosini oldini olish, targ‘ibot ishlariga qaratilgan.
Faoliyat davomida jamoasi bilan 16 ta yirik loyihalarni amalga oshirgan. Ular ko‘proq qishloq ayol va yoshlarni, aul oqsoqollari va ichki ishlar xodimlarini, mahalliy kengash deputatlarini huquqiy savodxonligini oshirish, gender tenglik masalalari bo‘yicha bilim va habardorlik darajasini ko‘tarishga, maqsadli guruhlarni iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga, salbiy urf-odatlarni qisqartirishga, odam savdosini oldini olishga qaratildi. Kaparova Djamila 8 ta turli nashrlar tayyorlanib chop etildi.
Qirg‘iziston Respublikasi tomonidan CEDAW qo‘mitasiga taqdim etiladigan davriy maʼruzalarni tayyorlash jarayonida ishtirok etadi.
ABR va YEBRR tashkilotlarning milliy eksperti hisoblanadi.
Hukumat qoshida tashkil etilgan aholi va bolalarni ijtimoiy himoya qilish muvofiqlashtiruvchi Kengashi aʼzosi.
Velikobritaniya
Gabriyela Alvarez Minte - BMTning Aholishunoslik jamg‘armasini Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy boshqarmasining gender bo‘yicha maslahatchisi, doktor.
Alvarez Minte xonim “Jamiyat taraqqiyoti va faravonligida gender tengligi va inson huquqlarining ahamiyati” mavzusida maʼruza qildi.
Gabriyella xonim o‘z taqdimotida - gender tengligi va insonlar, shu jumladan, xotin-qizlarning huquqlari borasidagi taraqqiyot qanchalik adolatli, xavfsiz va faravon oila, jamiyat barpo etishning muvaffaqiyatiga erishish haqida so‘zlaydi.
U kamsitish, zo‘ravonlik, bir - biridan uzoqlashish kontekstida sodir bo‘lish holatlar haqida fikr yuritadi.
Inson huquklari tamoyillari, ularni ifodalovchi qadriyatlar, insonning hayotiy intilishlari va ular oilaviy munosabatlariga kiritilishi muhimligini tasdiqlaydi. Oilada xotin-qizlarga nisbatan mavjud bo‘lgan zo‘ravonlik turlarini ko‘rib chiqish, oiladagi haq to‘lanmaydigan ishlar, parvarish qilishning adolatsiz yuki, zararli amaliyotlar, kamsitishlar tufayli noqulay ahvolga tushib qolgan va ularni bartaraf etish uchun cheklovlarni qanday hal qilish mumkinligi to‘g‘risida fikr bildiradi.
Serbiya
Sonya Prostran - USAIDning “O‘zbekiston sud-huquk tizimini takomillash-tirish” loyihasi rahbari.
Prostran xonim “Serbiya Respublikasida oilaviy zo‘ravonlikning qonunchilik asoslarini rivojlanishi” mavzusida maʼruza qildi.
Antonia Lyudeke - BMTni UNICEF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi "Bolalarni muhofaza qilish" bo‘limi rahbari
Lyudeke xonim“Oilaviy zo‘ravonlik va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik – qo‘shma loyihaga chaqiriq” mavzusida maʼruza qildi.