“Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdagi zamonaviy tendensiyalar: metodologiya va vositalar” mavzusidagi Yozgi maktab

05:00 - 1 Avgust Тошкент шаҳри
302
events image

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

“Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdagi zamonaviy tendensiyalar: metodologiya va vositalar”

mavzusidagi Yozgi maktabga taklif etadi

 

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA), USAIDning huquqiy islohotlar Dasturi

 

O‘tkazilish sanasi: 2022-yil 1-5-avgust

 

Yozgi maktabni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – demografiya, huquq borasida ilmiy va zamonaviy ilg‘or g‘oyalar haqidagi bilimlarni yosh olimlarga yetkazish va ularning tajriba almashishlari uchun muloqot platformasini yaratish, ularning tadqiqot va jamoatchilik faoliyatida ishtirokini faollashtirishga yordam berish.

Yozgi maktab ishtirokchilari demografiya, huquq sohasidagi yutuqlar haqida maʼlumotga ega bo‘ladilar, taniqli pedagog-mutaxassis va olimlar bilan uchrashish uchun imkoniyatga ega bo‘ladilar. Mavzular bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qiladilar, ilmiy tadqiqotlarni to‘g‘ri tashkil etish bilan tanishadilar, bu boradagi ilg‘or metodika va vositalardan unumli foydalanish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Yozgi maktab dasturi ishtirokchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqotlar o‘tkazishda yangi zamonaviy usullar bilan tanishish, qo‘shma loyihalarda ishtirok etish, yangi g‘oyalar izlanishini rag‘batlantirish imkonini beradi.

 

Yozgi maktabda ishtirok etish uchun yosh doktorant va tadqiqotchilar taklif etiladi:

 

Mavzular bloki:

  1. Xalqaro munozaralarda aholi va uning rivojlanishi masalalari. Zamonaviy dunyoda demografik barqarorlik konsepsiyasi
  2. Global demografik tadqiqotlar (MICS, GGS, DHS)
  3. Demografik tadqiqotlar vositasi sifatida aholini maxsus tanlanma asosida o‘rganish
  4. Demografik tadqiqotlar vositasi sifatida aholini maxsus tanlanma asosida o‘rganish (maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish bo‘yicha master-klass)
  5. Ilmiy tadqiqotlarni olib borishda huquqiy yondashuvning ahamiyati.

 

Tillar: o‘zbek, rus, ingliz

 

Ishtirokchilar (18-20 kishi) Yozgi maktabda ishtirok etish istagi bayon qilingan motivatsion xat (300 tagacha so‘z) asosida tanlab olinadi

 

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

1.  Ilmiy loyihalardagi ishtiroki

2.  Nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilganligi (oxirgi bir yil davomida)

3.  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroki

4.  Rus va ingliz tillarini egallaganlik darajasi

5.  Yozgi maktabning ilmiy yo‘nalishlariga muvofiqligi

6.  Ish yoki o‘qish joyidan tavsiya xati

 

Ishtirokchilar uchun belgilangan yosh: 40 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin

 

Hujjatlar joriy yilning 20-iyuniga qadar shmobelkin@gmail.com elektron pochta manzili bo‘yicha qabul qilinadi

Bog‘lanish uchun: Axunova Kunduzoy, telegram: +998 94 626 83 31

Ro‘yxatdan o‘tish
Chop etish