MEMORANDUM

06:52 - 20 Yanvar Yangiliklar
1190
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi o‘rtasida hamkorlik MEMORANDUM
ness image

2020-yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Memorandum “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.M.Egamberdiyeva hamda“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti hamda Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot Markazi raisi N.Ye.KARIMOVA tomonidan imzolandi.

Taraflarning ijtimoiy hamkorlik sohasidagi asosiy maqsad va vazifalari

- xotin-qizlar va ularning oila aʼzolarini huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkillashtirish;

-odam savdosiga sabab bo‘luvchi omillardan biri sifatida eʼtirof etiluvchi notinch va muammoli oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash masalalarida hamkorlik qilish;

- yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali vaqtincha ishsiz, kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish amaliyoti samaradorligini oshirish;

- maishiy zo‘ravonlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiyaga barham berish maqsadida Markaz va uning hududiy bo‘limlari qoshida tashkil etilgan “Dolzarb aloqa tarmog‘i” faoliyatini kengaytirish, tashkilotlar o‘rtasida qayta yo‘naltirish mexanizmida ishtiroq etish;

- uzoq muddatga ketganlar orasidan odam savdosi jabrlanuvchilari, qiyin vaziyatga tushgan migrantlar, maishiy zo‘ravonlik qurbonlari va boshqa maqsadli guruh vakillarini aniqlash/idenfikatsiyasi bo‘yicha mavjud maʼlumotlar almashinuvi mexanizmini takomillashtirish;

- odam savdosi va maishiy zo‘ravonlik va boshqa turdagi zo‘ravonlik jabrlanuvchilarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek tegishli ko‘mak turlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;

- odam savdosi, noqonuniy migratsiya va maishiy zo‘ravonlik profilaktikasi bo‘yicha masʼul xodimlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni interaktiv va innovatsion metodlar asosida tashkil etish;

- loyiha, kichik, o‘rta va boshqa turdagi biznes tuzilmalari ko‘magida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatdan jabrlangan, jinoyat bilan to‘qnash kelish xavfida bo‘lgan ijtimoiy zaif, xavfli guruhga mansub yoki maishiy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida bepul to‘garaklar, o‘quv qurslarini tashkillashtirish, kasb ko‘nikmalarini egallash bo‘yicha tajriba maktabida ishtiroq etishga jalb etish;

- odam savdosi, noqonuniy migratsiya va maishiy zo‘ravonlik profilaktikasi, oila manfaatlari va oila qadriyatlarini saqlash bo‘yicha ko‘rsatuv va eshittirishlarda ishtiroq etish, ushbu sohadagi qo‘llanma va tavsiyalar, ijtimoiy axborot materiallari: plakat, broshyura, buklet, flayer va ijtimoiy videoroliklarni tayyorlanishi va kelgusida maqsadli guruh vakillariga taqdim etilishida o‘zaro hamkorlikni olib boradi.

Chop etish