Xalqaro konferensiya

05:03 - 13 Oktabr Yangiliklar
368

USAIDning O‘zbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi hamda

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasida amalga oshiriladigan “Kompleks gender yondashuvi gender tengligiga erishishning samarali vositasi sifatida” mavzusida

Xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi

ness image

Tashkilotchilar: USAIDning O‘zbekistodagi Huquqiy islohotlar dasturi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

O‘tkazilish sanasi: 2023-yil 24-noyabr

O‘tkazilish joyi: International mehmonhonasi, Crystall Ballroom.

 

“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” har yili fuqarolik jamiyati tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Xalqaro targ‘ibot kampaniyasidir. U 25-noyabr – "Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barxam berish kuni"da boshlanib, 10-dekabr – "Inson huquqlari kuni"gacha davom etgan holda, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik butun dunyoda eng keng tarqalgan inson huquqlari buzilishi ekanligini ko‘rsatib beradi.

 Fuqarolik jamiyatining ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish boshchiligidagi “2030-yilgacha ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashamiz” (UNiTE) tashabbus ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka butunlay barham berish uchun xabardorlikni oshirish, qonuniy manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish, o‘zaro bilim almashish hamda innovatsiyalar bo‘yicha global harakatlarga chaqiradi. UniTE hukumatlar, rivojlanish jarayoni subyektlari, fuqarolik jamiyati, ayollar tashkilotlari, yoshlar, xususiy sektor, ommaviy axborot vositalari va butun BMT tizimini xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga daʼvat etadi. 

2023-yilda UNiTE kampaniyasi mavzusi "Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga sarmoya kiritish" bo‘lib, birinchi navbatda, zo‘ravonlik sodir bo‘lishining oldini olish uchun turli xil profilaktika strategiyalarini moliyalashtirish muhimligiga eʼtibor qaratadi. UNiTE kampaniyasining asosiy tamoyillari etib quyidagilar belgilangan:

  • 16 kunlik faol harakatlarda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va to‘xtatishda ayollar harakati va ularning yetakchiligini xurmat qilish va eʼtirof etish;
  • “Hech kimni beeʼtibor qoldirmaslik”, inson huquqlariga asoslangan yondashuvni qabul qilish;
  • jabrlanuvchilar manfaatlariga asoslangan yondashuvdan foydalanish – jabrlanuvchiga nisbatan xurmat qilish va “Zarar yetkazmaslik” yondashuvini qo‘llash;
  • xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha davlatlararo va ommaviy strategiyalarni ishlab chiqish va kuchlarni birlashtirish;
  • xotin-qizlar uchun adolatli gender meʼyorlar va fundamental, barqaror o‘zgarishlar dinamikasini yaratish yoki mustahkamlash uchun gender rollari, rejimlari va amaliyotlar haqida tanqidiy fikr yuritishni rag‘batlantirish.

USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar Dasturi milliy hamkorlar bilan birgalikda “Xotin-qizlarga nisbatan gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasida xalqaro konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Konferensiya mavzusi “Kompleks gender yondashuvi – gender tengligiga erishishning samarali vositasi sifatida” integratsiyalashgan gender yondashuvi nuqtayi nazaridan ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq.

Gender bo‘yicha kompleks yondashuvi (inglizcha – Gender Mainstreaming)ning mohiyati gender tengligi mohiyati jamiyatning barcha sohalariga tegishli ekanligini inobatga olgan holda, tahlil qilish, rejalashtirish, byudjetlashtirish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlar qabul qilish jarayonida gender jihatlarini eʼtiborga olinishi zarurligini bildiradi.

Davlat xizmatchilari o‘z faoliyatida gender jihatlarni aniqlashga qiynalayotgan sharoitda tarmoq siyosati, strategiya va dasturlariga kompleks gender yondashuvni joriy etish juda qiyin vazifa hisoblanadi, chunki amaliyotda gender masalalariga, eng yaxshi holatda, faqat ijtimoiy sohada eʼtibor qaratish rivojlangan. Ammo, iqtisod, siyosat va xavfsizlik sohalarida qabul qilingan har qanday qarorlar ayollar va erkaklarga turlicha taʼsir qiladi.

Ushbu qiyinchiliklar obyektiv va subyektiv xarakterga ega bo‘lib, ularni bartaraf etish maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, strategik rejalashtirish, loyihalash, monitoring va baholash mezonlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tizimli harakatlarni talab qiladi. Ammo, birinchi navbatda, “gender” atamasining noto‘g‘ri talqin qilinishi va noto‘g‘ri tushunilishi natijasida yuzaga keladigan ichki qarama-qarshilikni yengish kerak. Bu mutasaddi vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlarni olib borishni taqozo qiladi.

Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashda samarali vosita sifatida integratsiyalashgan gender yondashuvining mohiyati va uni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni, xorijiy ekspertlar, mahalliy mutaxassislar, akademiklar hamjamiyati va fuqarolik jamiyatlari instituti aʼzolari ishtirokida muhokama qilishdan iborat.

Konferensiya umumiy yalpi sessiya va uchta shuʼbalarda ishlashni o‘z ichiga oladi:

  • gender tengligiga erishishda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish;
  • kompleks gender yondashuvini qo‘llash va samarali gender siyosatini ishlab chiqish uchun maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlash;
  • xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini mustahkamlash.

 

Konferensiya yakunlari bo‘yicha kompleks gender yondashuvidan foydalanishni hisobga olgan holda, gender siyosatini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar aks ettirilgan maʼruza tezislari bilan konferensiya materiallari to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan.

 

Yuritiladigan tillar: o‘zbek, rus va ingliz tillari

Tezis va taqdimotlar tayyorlash uchun konferensiya ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

  • 2023-yil 5-noyabrga qadar “Xalqaro konferensiyada ishtirok etish” mavzusidagi eslatma bilan tashkilotchilarga maʼruza tezislarini taqdim etish;
  • maqolalar hajmi A4 formatida 5–6 sahifadan iborat bo‘lishi, shu jumladan, material oxiridagi bibliografiyani o‘z ichiga olishi lozim.
  • dizayn: qator oralig‘i – 1,5; shrift – Times New Roman; shrift hajmi – 14 pt; chetlari – har tomondan 20 mm; oriyentatsiya – kitob; paragrafning chegarasi – 1 sm; matn kengligi tekislangan; Sahifa raqamlari kiritilmagan bo‘lishi kerak.
  • sarlavha o‘rtada qalin Times New Roman shriftida yozilishi, sarlavhadan keyin muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi hamda ish joyi ko‘rsatilishi zarur.
  • foydalanilgan adabiyotlarga havolalar to‘rtburchak qavslar [ ] ichiga olingan raqamlar bilan formatlanishi darkor.
  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: agar matnda foydalanilgan adabiyotga havola bo‘lsa, unda asosiy matndan keyin markazda "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati" sarlavhasini yozish hamda manbalarning raqamlangan ro‘yxatini joylashtirish kerak.
  • tezis mazmuni konferensiyaning asosiy maʼruzasi mavzusini aks ettirishi, shuningdek, dissertatsiya oxirida amaliy tavsiyalar berilishi lozim.
  • mualliflar maqolalar va tezislar mazmuni hamda maʼlumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgardirlar.
  • 2023-yil 15-noyabrgacha maʼruza tezislarini aks ettiruvchi taqdimotni tashkilotchilarga taqdim etish talab qilinadi.

  

Tashkilotchilar haqida maʼlumot:

Minavar Rahimova, mobil. +998 90 995 01 36

Elektron pochta: minavar.rakhimova@tetratech.com

Kamola Arslanova, mobil. +998 90 370 72 28

Elektron pochta: kamola.arslanova@tetratech.com

Chop etish