15-may “Xalqaro oila kuni”

05:23 - 15 May Yangiliklar
643

ness image

Maʼlumki, oila masalasi, nikoh-oila munosabatlari azal-azaldan insoniyat diqqat markazidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham aynan shu masalaga barcha mamlakatlarda alohida eʼtibor beriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrda 15-mayni “Xalqaro oila kuni” bayrami deb eʼlon qilganligi va 1994-yildan boshlab “15-may – Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelinayotganligi buning tasdig‘idir. Taʼkidlash lozimki, Oila davlatimizning rivojlanishida eng asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Har qanday shaxs oilada tug‘iladi, tarbiyalanadi va shakllanadi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasida oilani rivojlantirishga global darajada qaraladi. Har bir inson uchun oila muqaddas dargoh hisoblanib, hayotimizning asosiy qismi oila davrasida o‘tadi. Shunday ekan qo‘rg‘on hisoblanadigan kichik vatanimiz Oilamizni asrab-avaylashda barchangizga omad yor bo‘lsin. 


“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi nomidan

Chop etish