#malaka_oshirish_kurslari

#malaka_oshirish_kurslari
📌Namanganda o‘tkazilayotgan malaka oshirish mashg‘ulotlarining navbatdagisi “Oilalarda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish va profilaktika ishlarini tashkil etish" mavzusiga bag‘ishlandi.
🎙Mashg‘ulot “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i X.Saydivaliyeva tomonidan olib borildi.
Mazkur mavzuda oilalarda tazyiq va zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari hamda barvaqt aniqlash va oldini olish chora-tadbirlari yoritildi. Shuningdek, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish, xavf guruhiga kiruvchi oilalar bilan ishlash, huquqiy himoya mexanizmlari va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Mavzu oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Рус
Eng



