#malaka_oshirish_kurslari

01:54 - 6 Iyun Yangiliklar
26
#malaka_oshirish_kurslari 📣Malaka oshirish kurslarining dastlabki mashg‘uloti “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari H.Abduramanov tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi – farovon oila asosi” mavzusida o‘tkazildi. Unda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, zarar
ness image

#malaka_oshirish_kurslari

📣Malaka oshirish kurslarining dastlabki mashg‘uloti “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari H.Abduramanov tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi – farovon oila asosi” mavzusida o‘tkazildi.

Unda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, zararli odatlardan voz kechish hamda sog‘lom ma‘naviy-ruhiy muhitni shakllantirish orqali oila a‘zolarining salomatligini mustahkamlash masalalariga e‘tibor qaratildi.

📣Navbatdagi mashg‘ulotlar institut katta ilmiy xodimi H.Norqulov tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida o‘tkazildi.

Unda oilaviy qadriyatlar, er-xotinning huquq va majburiyatlari, o‘zaro hurmat, mas‘uliyat, samarali muloqot ko‘nikmalari hamda nizolarning oldini olish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Chop etish