#hamma_bilishi_shart

06:12 - 8 Iyun Yangiliklar
25
#hamma_bilishi_shart Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. ✔️Nikoh tuzish chog‘ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga,
ness image

#hamma_bilishi_shart

Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar.

✔️Nikoh tuzish chog‘ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✔️Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a‘zolarning hamda o‘zga fuqarolarning axloqi, sha‘ni, qadr-qimmati, sog‘lig‘i, huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur me‘yordagina cheklanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, 3-modda

Chop etish