Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida xalqaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish mumkin bo‘lgan xorijiy tashkilotlar
Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida xalqaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish mumkin bo‘lgan xorijiy tashkilotlar to‘g‘risidagi
M A ʼ L U M O T

Isroil
NA‘AMAT – Isroildagi eng yirik va yetakchi hotin-kizlar harakati bo‘lib, uning faoliyati gender tengligiga erishish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy sohalarda to‘liq ishtirokini taʼminlashga qaratilgan.
Tashkilotning asosiy ustuvor yo‘nalishi – ayollarning oiladagi, ishdagi hamda jamiyatdagi mavqeini oshirish va mustahkamlashdan iborat.
Ayelet Shaked isroillik siyosatchi, Yamina partiyasidan Knesset deputati. 2021 -yil iyunidan isroil ichki ishlar vaziri
NA‘AMAT hozirda notijorat tashkilot bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy ko‘p partiyali ayollar harakati hisoblanadi. Bu tashkilot turli millat, jamiyat, kelib chiqishishi, diniy mansubligidan qatʼi nazar ayollarni o‘z atrofida jamlaydi.
Professor Bina Kalinski Na‘mat mukofotini Isroil prezidenti Iskax Gersogdan qabul qilmoqda.
NA‘AMAT o‘z faoliyatini dunyo bo‘ylab amalga oshiradi va 8 ta mamlakatda, jumladan AQSH, Kanada, Braziliya, Meksika, Belgiya, Argentina, Urugvay va Peru kabi mamlakatlarda shoʻba korxonalariga ega.
NA‘AMAT International mushtarak maqsadli tashkilot va muassasalar bilan munosabatlarni mustahkamlashga intiladi.
Maksad va vazifalar:
Tashkilot bir-birini to‘ldiradigan ikkita asosiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi:
– NA‘AMAT jamoatchilik fikriga taʼsir o‘tkazadigan, jamoatchilik xabardorligini oshiradigan kampaniyalarni tashkillashtiradi, xotin-qizlarni ijtimoiy o‘zgarishlarga safarbar etadi va ularga rahbarlik qiladi.
– tashabbuslar ayollarning o‘z huquqlari, shuningdek, ularning mehnat kuchi sifatidagi qadr-qimmati haqidagi bilimi va xabardorligini oshirishga qaratiladi.
Ushbu harakat ish beruvchilarga biroz bosim o‘tkazib bo‘lsa-da, ayol va uning oilasining alohida ehtiyojlarini hisobga oladigan sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun:
- konunchilikka tashabbus bilan murojaat etadi;
- parlament komissiyalarida ishtirok etadi;
- ommaviy axborot vositalari orqali kampaniyalarni tashkillashtiradi;
- oliy sudga shikoyat bilan murojaat qiladi;
- axborotni nashr qiladi, maʼruzalar va seminarlarni tashkil etadi.
Taʼlim dasturlari:
- bolalar bog‘chalari (shu jumladan imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham turli maqsadli markazlar);
- texnologik universitetlar;
- qishloq xo‘jaligi, turarjoy yoshlar shaharchalari;
- ilm-fan sohasida yosh xotin-qizlar uchun mahsus stipendiyalar va tadqiqot grantlari;
- ayollar uchun kasbiy tayyorgarlik dasturlari.
Ayollar va oilalar uchun ijtimoiy xizmatlar:
- yuridik maslahat va vositachilik;
- maishiy zo‘ravonlikka qarshi turish, oldini olish, tibbiy yordam ko‘rsatish;
- yolg‘iz oilalarni qo‘llab-quvvatlash guruhlari;
- madaniy boylik va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish dasturlari.
Rasmiy sayt: https://naamat.org.il/
Rossiya Federatsiyasi Xotin-qizlar ittifoqi
Rossiya xotin-qizlar ittifoqi faoliyati uzoq muddatli dasturlar doirasida amalga oshiriladi
“Erkaklar va ayollar uchun kafolatlangan huquq va imkoniyatlar tengligi uchun” dasturi 2017–2022-yillarda Ayollar bo‘yicha Milliy Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Dasturning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- ayollarning siyosiy hayotda hamda mustaqil qarorlar qabul qilishda ishtirok etishiga ko‘maklashish;
- qashshoqlikning asosiy sabablarini bartaraf etishga ko‘maklashish, xotin-qizlar va ularning oilalarining iqtisodiy ahvolini yaxshilash, farovonligini taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam berish, ularni samarali ijtimoiy himoya qilish;
- ota-onalarning ishlab chiqarish va maishiy vazifalarini uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish: bandlik, uzluksiz taʼlimini taʼminlash, oilada erkak va ayol o‘rtasida teng munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy majburiyatlarning adolatli taqsimlanishiga erishish;
- ayollarni mehnat va bandlik sohasidagi kamsitishlardan sud va maʼmuriy himoya qilishning samarali mexanizmini shakllantirishga ko‘maklashish, mehnat qonunchiligi, shu jumladan mehnat uchun kafolatlangan teng haq to‘lashni takomillashtirish;
- ayollar va qizlarning rivojlanishi uchun innovatsiyalar va texnologiyalardan foydalanishga ko‘maklashish;
- har qanday yoshdagi ayollar salomatligini saqlash uchun sharoit yaratish;
- zo‘ravonlikning oldini olish, uning namoyon bo‘lish oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha harakatlarni faollashtirish, oiladagi zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ayollar va bolalar savdosidan jabrlangan ayollarga yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
- erkaklar va ayollarning ijtimoiy rollari haqidagi stereotiplarni bartaraf etish;
Rossiya Federassiyasi prezidenti Vladimir Putin va Svetlana Xorkina (S.Xorkina Rossiyalik gimnastikachi, ikki karra Olimpiya Chempioni va Rossiya Xotin-qizlar ittifoqining yangi aʼzosi)
- xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini ommaviy axborot vositalarida xolis yoritishga ko‘maklashish;
- ayollar va erkaklar uchun teng huquq, erkinlik va imkoniyatlarga erishishda tajriba almashish uchun BMT, YEXHT, Yevropa Kengashi, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, SHHT, BRIKS hamda xalqaro xotin-qizlar tashkilotlari orqali UWRning xalqaro hamkorlikda ishtirok etishiga ko‘maklashish.
Loyihaning sayti: https://www.wuor.ru/about/programs/za-garantirovannoe-ravenstvo-prav-i-vozmozhnostey-muzhchin-i-zhenshchin/
Rasmiy sayt: https://www.wuor.ru/about/
Yevropa Ittifoqi
Yevropa xotin-qizlar lobbisi
(European Women‘s Lobby)
1990-yilda Yevropa Komissiyasi Bryusselda Yevropa xotin-qizlar lobbisini yaratishni qo‘llab-quvvatladi. Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyaning tashkilotlari asoschi sifatida belgilandi. Hamda mazkur tashkilotga 17 ta asosiy umumevropa xotin-qizlar tashkilotlari aʼzo sifatida kiritilgan.
Yevropa Ittifoqining faoliyat doirasi doimiy ravishda kengayib bormoqda va xotin-qizlarning kundalik hayotiga bevosita taʼsir ko‘rsatadigan sohalarni qamrab oladi.
Yevropa ayollar lobbisi faoliyati ikki turdagi ehtiyojlarga javob beradi:
– siyosat va qonunchilikda ayollarning huquqlari va ehtiyojlari, shuningdek, gender nuqtayi nazarining hisobga olinishini taʼminlash uchun Yevropa darajasida taʼsir o‘tkazish va qaror qabul qiluvchilarga maʼlumot berish;
– ularning Yevropa Ittifoqi darajasidagi xotin-qizlar tashkilotlarida ishtirok etishini rag‘batlantirish va buning uchun ularga kerakli maʼlumotlarni taqdim etish.
Shu tariqa Yevropa ayollar lobbisi xotin-qizlar tashkilotlari va institutlari o‘rtasida bog‘lashda har tomonlama rol o‘ynaydi. Ushbu tashkilot fuqarolar va Yevropa qaror qabul qiluvchilar o‘rtasida muloqot va almashinuvni targ‘ib qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi va Yevropa Kengashidagi maslahatchi maqomi orqali Yevropa ayollar lobbisi xalqaro miqyosda muhim rol o‘ynaydi.
Rasmiy sayt: https://womenlobby.org/?lang=en
Qozog‘iston
“Ijtimoiy va gender tadqiqotlari” ilmiy-tadqiqot instituti
Mazkur institut Qozoq Milliy Qizlar Pedagogika Universiteti qoshida faoliyat yuritadi.
Maʼlumot uchun:
Qozog‘iston Milliy Qizlar Pedagogika Universiteti 58 dan ortiq xorijiy hamkor universitetlar bilan xalqaro hamkorlikni boshqaradi va rivojlantiradi.
Maqsad: Fanlararo tadqiqot loyihalari va ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirish orqali gender va ijtimoiy tenglikni rag‘batlantirish
Strategiya: Institutni Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda ijtimoiy va gender masalalarini o‘rganish bo‘yicha yetakchi markaz sifatida rivojlantirish.
Asosiy yo‘nalishlar:
1. Ko‘p tarmoqli va fanlararo ijtimoiy tadqiqotlar.
2. Gender tadqiqotlari.
Rasmiy sayt: https://kazmkpu.kz/ru/ob-institute-sgi
Singapur
AWARE Harakat va tadqiqot ayollar uyushmasi
AWARE (Association of Women for Action & Research) – Singapurning ayollar huquqlari va gender tengligi bo‘yicha yetakchi guruhi bo‘lib, o‘z oldiga gender to‘siqlarini olib tashlash maqsadini qo‘ygan.
AWARE tadqiqot va targ‘ibot, taʼlim va trening, hamda qo‘llab-quvvatlash xizmatlari orqali gender to‘siqlarini aniqlash va hal qilish uchun ishlaydi.
1985-yilda tashkil etilganidan buyon AWARE xotin-qizlarga oid ko‘plab muammolar, jumladan ish joyidagi jinsiy zo‘ravonlik, keksa ayollar uchun qashshoqlik, qariyalarga g‘amxo‘rlik va Singapurning gender kamsitish bo‘yicha BMT standartlariga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqot olib bordi.
Shuningdek, AWARE oiladagi zo‘ravonlikka oid qonunlarni mustahkamlashga hissa qo‘shdi.
Bundan tashqari, tashkilotda Catalyse (https://catalyse.sg/#section-15) korporativ taʼlim bo‘limi mavjud bo‘lib, u turfa hamda inklyuziv ish joyidagi xodimlarni individual seminarlar va shaxsiy maslahatlar orqali o‘z salohiyatlarini maksimal darajada oshirishga ilhomlantiradi.
AWARE CARE xizmatlari yordamga muhtoj ayollarga ishni boshqarishda tavsiyalar berish, huquqiy maslahatlar, ijtimoiylashuv va boshqa yordamlarni taqdim etadi. Masalan, ishonch telefoni, jinsiy zo‘ravonlikdan aziyat chekkanlarga yordam ko‘rsatish markazi, ish joyidagi zo‘ravonlik va kamsitish bo‘yicha maslahatlar kabi.
AWARE notijorat tashkilot bo‘lib, xayriyalar, grantlar va aʼzolik to‘lovlari hisobidan moliyalashtiriladi va Jamoaviy xarakter xolatidagi ro‘yxatdan o‘tgan xayriya tashkilotidir (2022-yil 1-sentyabr – 2024-yil 31-avgust).
Rasmiy sayt: https://www.aware.org.sg/