“Ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bosqichlari” mavzusida ilmiy seminar
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutida “Strategik tahlil va prognozlashtirish bo‘limi” kichik ilmiy xodimi Sodiqov Furqat Fatulloyevichning “Ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bosqichlari” mavzusida ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish bo‘limi hamda tayanch doktoranlari uchun ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F.Sodiqov tayanch doktorantlarga ilmiy tadqiqot ishining mundarijasi, asosnomasi va boblarni yozish yuzasidan kerakli taklif va tavsiyalarni berdi.
Shuningdek, hozirgi davrda ilmiy tadqiqot faoliyatining dolzarblashuvi, ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining o‘rganish soxalari, ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining ahamiyati, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis, avvalo, to‘g‘ri metodologiya bilan qurollanishi, uning prinsip va metodlarini amaliyotda qo‘llash malakasiga ega bo‘lishlari zarurligi haqida kerakli ko‘rsatmalar berildi. Tadqiqotchilar buning uchun metodologiya, falsafiy yondashuvlar metodologiyasi, ularning mohiyati, mantiqiy, falsafiy, umummilliy metod va usullar haqida zarur bilimlarga ega bo‘lishlarining talab qilinishi, aks holda, ilmiy tadqiqot ishi samara bermasligi, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘ri talqin qilinmasligi, to‘g‘ri yoki ijobiy baholanmasligi mumkin. Ijod, ilmiy tadqiqot nima, tadqiqotning boshqa tadqiqot turlaridan tafovutlari nima, umuman, ilmiy tadqiqotning rivojlanish qonuniyatlari qanday, ilmiy bilimlar rivojida ilmiy fakt, ilmiy eksperiment, gipoteza, nazariya, sinergetikaning roli, kelajagi haqida aniq tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lmasdan turib bu talablarga javob berib bo‘lmasliklari haqida ko‘nikmalar hosil qildilar. Seminar so‘ngida izlanuvchilar o‘zilarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Seminar qizg‘in bahs-munozara shaklida o‘tdi.