Tabriknoma

06:35 - 8 Mart Yangiliklar
4192

ness image

Assalomu aleykum, hurmatli nafosat, sadoqat va go‘zallik timsoli bo‘lgan aziz ayollar!

Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rahbariyati nomidan Sizlarni, sizning timsolingizda mamlakatimizdagi barcha munis onaxonlarimiz, sevimli opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Muhtaram Prezidentimiz jamiyat hayotida xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeini oshirish, oilaviy qadriyatlarni saqlash va maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish borasida bir qator vazifalarni belgilab berdilar. Mana shu masʼuliyatli va sharafli ishlarni amalga oshirishda, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi samarali mehnatingizni qadrlaymiz.

Sizlar bor ekansiz, hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlar obod va fayzli. Muhtarama opa-singillarmiz barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish, farzandu nabiralar rohatini ko‘rish nasib etsin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Oila va xotin-qizlar

davlat qo‘mitasi raisi 

Mahkamova Zulayho Baxriddinovna

Chop etish