2021-yil yanvar-sentyabr oylari bajarilgan ishlar bo‘yicha maʼlumot
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2021-yil yanvar-sentyabr oylari bajarilgan ishlar bo‘yicha
MAʼLUMOT

Hisobot davrida institutda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 367-sonli qarorida belgilangan 7 ta asosiy faoliyat yo‘nalish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi:
I. Fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Institut tomonida 50 ta qisqa muddatli ilmiy-amaliy loyihalar bajarildi.
Loyihalar natijasida:
- “Oila, mahalla va gender tengligi” mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusi (http://uzbekcorpus.uz) yaratildi. Ushbu dasturiy taʼminot kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun qulayliklar yaratishga mo‘ljallangan.
- Fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan aholi murojaatlari, muammolarini o‘rganish va bartaraf etish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida “Mahalla” mobil ilovasi yaratildi (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mahalla.app).
- “Baxtiyor oila” (https://baxtiyor-oila.uz) veb-portali ishga tushirildi, unda oila institutini mustahkamlashga oid maʼlumotlar va targ‘ibot materiallari, sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilalarning demografik xulq-atvoriga xos xizmatlar haqida maʼlumotlar joylashtirildi.
- Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda namunali o‘zbek oilasi hamda mahalla institutlarini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilk marotaba “Oila maʼnaviyati konseptiga doir elektron tezaurus” yaratildi.
- “Ayollar daftari”ni yuritish va Gender yondashuv asosida yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ijtimoiy roliklar tayyorlandi hamda OAV orqali namoyish eshitildi.
- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, uy sharoitida milliy taomlar tayyorlash orqali fuqarolarning bandligini taʼminlash, mahallalarning turistik salohiyatini oshirish maqsadida Toshkent va Buxoro shaharlaridan 3 tadan mahallada “Gastro mahalla” loyihasi amalga oshirildi. Natija 20 tadan ortiq ayollar o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha 6 ta (“Mahalla fuqarolar yig‘inlarida yig‘majildlar nomenklaturasini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Mahalla fuqarolar yig‘inlarida boshqarish va ish yuritish bo‘yicha mamlakatimizda va xorijda olib borilgan ishlar tahlili”, “Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritishni tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish reglamenti”, “Mahalla fuqarolar yig‘inlarida yig‘majildlarni shakllantirish va arxivga topshirishga tayyorlash jarayonlari”, “Mahalla fuqarolar yig‘inlarida idoraviy arxivlarni tashkil etish va hujjatlarni saqlashdagi talablar”) elektron o‘quv qo‘llanma yaratildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan guvohnomalar olindi.

II. Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Mahalla va oila tizimida nizolarni hal etishning progressiv texnologiyalarini joriy etish, xususan mutaxassislarda oila mediatsiyasiga oid kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha multimediya ilova tayyorlandi.
Oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda erta turmush va erta tug‘ruq holatlarining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi hamda ijroga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Samarqand viloyati hokimligiga taqdim etildi.
“2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi”ni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 56-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan demografik statistikani takomillashtirish va “Oiladagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yish”ga qaratilgan chora-tadbirlar dasturiga takliflar ishlab chiqildi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga taqdim etildi.
Quyidagi nomdagi 34 ta ilmiy-ommabop, uslubiy qo‘llanma, monografiya va risolalar tayyorlandi hamda nashr qilindi:
- “Mahalla – yorug‘ yuzimiz va vijdonimiz ko‘zgusi” va “Yangi O‘zbekistonning farovon oilasi” nomli o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ilmiy-ommabop risolalar;
- Ona va bola salomatlik kitobchasi;
- “Baxtlilik o‘lchovi” va “Inson baxti va oilaviy hayot” nomli risolalar;
- “Farzandlarimga nasihatlar”, “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari”, “Oila institutiga nikohdan tashqari munosabatlar taʼsirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli monografiya;
- “Oila – uchinchi renessansning eng mustahkam ustuni” mahalla faollari va ota-onalar uchun ijtimoiy-pedagogik qo‘llanma;
- “Ayollari ardoqlangan yurt” uslubiy risola;
- “Turar joy va kundalik turmush gigiyenasi farovon oila asosi” nomli amaliy qo‘llanma;
- “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish”, “Mahalla – hayot ko‘zgusi”, “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish”, “Fuqarolar yig‘inlari xodimlari faoliyatini manzilli tashkil etish”, “Mehnat migrantlari oilalarida shaxslararo munosabatlarning pedagogik-psixologik omillari”, “Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish”, “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar ijtimoiy reabilitatsiyasi hamda suitsidal xulq profilaktikasi”, “Mahalla va oila muammolarini sotsiologik tadqiq etish usullari”, “Mediatsiya nizolarni hal etish usuli sifatida”, “Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning ayrim jihatlari”, “Reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya – yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning muhim omili”, “Onalik psixologiyasi”, “Oilaviy baxtning siri”, “Sog‘lom oila: stereotiplar, afsonalar va aqidalar”, “Oila ko‘zgusida baxt”, “Mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish”, “Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat: belgilari, aniqlash va yordam ko‘rsatish usullari”, “Ijtimoiy shartnoma mexanizmi: nazariy tahlil”, “Ota-onalik maktabi (yohud tarbiyaga oid muammolar yechimi xususida)”, “Ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari”, “Oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish uslublari”, “Suitsidal faollik va uni prognozlash muammolari”, “Bolalarning ota haqidagi tasavvurlarini shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, “Odam savdosidan jarblanganlar psixoemotsional holatlari psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” nomli uslubiy qo‘llanmalar.
Institut tomonidan yaratilgan 11 ta ilmiy mahsulotga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnomalar olindi.
Institut ilmiy xodimlari tomonidan 200 dan ortiq maqolalar xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda, internet saytlarida, ilmiy to‘plamlarda nashr etildi.

III. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha quyidagi 8 ta tahliliy material tayyorlandi va ularning amaliyotga tadbiq etish choralari ko‘rilmoqda.
- Turli avlod vakillarida oilaviy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazildi va tadqiqot natijalari asosida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlandi.
- O‘zbekistonda ilk marotaba oilalarning baxtlilik indeksi va uning nazariy-metodologik asoslari yaratildi. Buni aks ettirgan “Baxtlilik o‘lchovi”, “Inson baxti va oilaviy hayot” nomli risolalar chop etildi.
- Aholining turmush tarzini, ular hayotining sanitariya-gigiyena talablari nuqtayi nazaridan o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan ijtimoiy-gigiyenik tadqiqotlar asosida sanitar-gigiyenik talablar asosida quriladigan uy-joy maketi yaratildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi 5020-son qaroriga 3-ilova chora-tadbirlar rejasining 28-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 15-25-avgust kunlari "O‘zbekiston xotin-qizlari: hayotiy maqsadlar, qadriyatlar va yo‘nalishlar" mavzusida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi va olingan natijalar bo‘yicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlandi.
- Joriy yilning fevral–may oylari davomida harbiy oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzi va bolalar tarbiyasiga yondashuvlarni namunali darajaga ko‘tarishga qaratilgan ijtimoiy tadqiqot dasturi, so‘rov varaqasi ishlab chiqildi va olingan natijalar bo‘yicha asosida axborot-tahliliy maʼlumotnoma tayyorlandi
- Qizlarning isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda rahbar-kadr sifatida jamiyatga tayyorlash bo‘yicha “Bibixonim maktabi” namunaviy o‘quv dasturi tayyorlandi.
- “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markaz”ida bo‘lgan ayollar uchun “Reabilitatsiyadan so‘ng oilaga qayta moslashish” mavzusida amaliy tavsiyanoma ishlab chiqildi.
- Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni tuzatishning namunaviy dasturi ishlab chiqildi.

IV. Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etildi:
- O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrir loyihasi.
- O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi.
- "Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat" g‘oyasini hayotga tatbiq etishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasida Oila institutini yana-da mustahkamlash konsepsiyasi” loyihasi.
- “O‘zbekistonda mahalla institutini rivojlantirishning 2021-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqildi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-325-IV-son qarori asosida “Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi.
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga takliflar tayyorlandi va tegishli tashkilotlarga taqdim etildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqidagi” qarori loyihasiga;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 30-martdagi 02-RA 1-5153-sonli topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga;
- O‘zbekiston Respublikasida ayollarning ijtimoiy faollligini oshirish bo‘yicha Mehnat Kodeksiga;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2020-yil 17-dekabrdagi 03/1152-sonli xati bilan “Barcha mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya” va Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Uy xizmatchilari uchun munosib mehnat to‘g‘risidagi 189-sonli Konvensiya”siga qo‘shilish bo‘yicha asosnoma tayyorlandi.
Uchinchi shaxslarning oila ishlariga aralashuvi yuzasidan Oila kodeksiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan tahliliy material tayyorlandi va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-325-IV-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021-yil 12-iyuldagi TN-121/07-21-sonli nazorat rejasining 9/3.4 bandida berilgan Oilaviy psixologlar xizmatini rivojlantirish, uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishi topshirig‘i yuzasidan takliflar tayyorlandi va Oliy Majlis Senatiga hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligiga taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5116-son qaroriga muvofiq Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ushbu harakatlardan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ijrosini taʼminlash maqsadida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jarblangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tartibi” ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5116-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat rejaning 5-bandi bo‘yicha Suitsidal xavfning belgilarni aniqlash bo‘yicha takliflar taqdim etildi;
"Mehr daftari" ishlab chiqildi, "Mehr daftari"ni yuritish orqali nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha vaqtinchalik Tartib ishlab chiqildi;
Oilada nogironligi bo‘lgan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiylashtirishning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi.

V. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Quyidagi mavzularda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi:
2021-yil 24-mart kuni xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning diplomatik korpus xodimlari hamda OAV vakillari uchun “Fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘ini sifatida mahalla institutining oilalarni mustahkamlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
2021-yil 18-may kuni “Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilib, unda 150 nafar olim va amaliyotchilar, shu jumladan 15 nafar xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Quyidagi mavzularda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazildi:
- 2021-yilning 19-mart kuni “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalari va muammolari” mavzusida;
- 2021-yilning 10-may kuni “Pandemiya sharoitida oilada tinchlik va totuvlikni saqlashning dolzarb vazifalari va muammolari” mavzusida;
- 2021-yil 31-may kuni “Oilaviy huquqiy munosabatlarda gender tengligi” mavzusida;
- 2021-yil 30-sentyabr kuni “Zamonaviy oilada farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusida.
Konferensiyada ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar tegishli tashkilotlarga taqdim etildi va konferensiya materiallari to‘plamlari nashr etildi.
Mahalla va oila institutlarini rivojlantirish, yosh olimlarni sohaga jalb etish, bilim va tajriba almashish, institutning ekspert va yosh olimlar bazasini yaratish hamda kengaytirish, tadbir mavzusi doirasida ishtirokchilarda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida 2021-yil 22-26-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi “Yosh olimlar” Kengashi bilan hamkorlikda “Ijtimoiy bosim – yosh olimlar nigohida” mavzusida qishki maktab, 7-11-iyun kunlari BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Demografik imkoniyatlar: baholash, chaqiriq va istiqbollar” mavzusida yozgi maktab tashkil etildi.
Institut asosiy shtatida jami 33 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib, shundan 25 nafari ilmiy xodimlar hisoblanadi. Institutning ilmiy salohiyati 44 foizni tashkil etib, uni oshirish maqsadida hisobot davrida jami 6 nafar, shundan ijtimoiy pedagogika ixtisosligi bo‘yicha 5 nafar, ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha 1 nafar tadqiqotchi mustaqil izlanuvchilik (PhD) institutga qabul qilindi.
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 raqamli ilmiy kengashda 3 ta sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyasi, kengash huzuridagi ilmiy seminarda 5 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Hisobot davrida institut xodimlaridan 3 nafari, shundan bir nafari fan doktori (DsC), ikki nafari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish bo‘yicha institutga 5 ta (Ijtimoiy falsafa, Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya, Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi, Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi, Ijtimoiy pedagogika) ixtisoslik bo‘yicha 2022-yil uchun 10 ta tayanch doktorantura, 1 ta doktorantura qabul kvotalari ajratildi.
Institutning 5 nafar rahbar xodimi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida, 3 nafar ilmiy xodim Kolumbiya universiteti va O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan tashkil etilgan “Mintaqada maxsus xizmatlar bo‘lmagan sharoitlarda Gender zo‘ravonlikni o‘zidan kechirgan insonlarga yordam berish” onlayn kursida malaka oshirdi.
Institut ilmiy xodimlarining Web of Science, Science Direct, Springer Nature, Google Scholar xalqaro maʼlumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida master klasslar tashkil etildi.
Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ko‘maklashuvchi Metodologik jamoatchilik kengashi tuzildi.

VI. O‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish
Hisobot davrida 10 ta tashkilot/muassasalar bilan hamkorlik Memorandumlar imzolandi va ijroga yo‘naltirildi, jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va professional kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti ( 11-yanvar);
- Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi (19-yanvar);
- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti (29-yanvar);
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ( 3-fevral);
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti ( 4-fevral);
- Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi (29-mart);
- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi ( 1-iyun);
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi (25-avgust);
- O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi (22-sentyabr).
Hamkorlik o‘rnatilgan muassasa, idora/tashkilotlarning vakillari Institut tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot jarayonlariga jalb etilishi, o‘tkazilgan 2 ta xalqaro, 4 ta respublika miqyosidagi anjumanlarga spiker va ishtirokchilar sifatida taklif etilishi, konferensiya doirasidagi chop etiladigan maqolalar to‘plamiga ilmiy ishlarni taqdim qilish jarayonlari muntazam ravishda amalga oshirildi.
Hamkorlik doirasida yosh olim, ekspertlar o‘rtasida mahalla va oila institutlarining tarixi, rivojlanishi, mustahkamlash sohasida bilim va tajriba almashish maqsadida 29-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda “Xalqlar do‘stligi kuni” eʼlon qilingani doirasida “Sharq mamlakatlarining moddiy va maʼnaviy merosi - milliy xususiyatlari va o‘xshash jihatlari” mavzuida davra suhbati tashkillashtirildi.
Joriy yilning 25-mart kuni Italiyaning “Nikoh va nikohgacha bo‘lgan masalalar bo‘yicha konsultantlar uyushmasi” ("Centro La Famiglia") bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat doirasida 23-iyul kuni onlayn shaklida uyushma tomonidan “Oilada zo‘ravonlikning oldini olish” bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika taqdimot qilindi, 13-sentyabr kuni Italiyada huquq tizimi va sud huquq amaliyoti, tuzilayotgan nikoh shartnomalarining mazmuni va amaliyoti, nikohdan ajralish tartibi va sudgacha ajrim masalalarini hal qilish, ajralish paytida er va xotinning mulkiy nizolarni hal etish tartibi masalalari bo‘yicha on-layn shaklida seminar-trening o‘tkazildi;
Joriy yilning 5-fevral hamda 12-aprel kunlari Institut rahbariyati Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbar o‘rinbosari janob Yussi Narvi bilan onlayn tarzda muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvlar natijasida Institut tomonidan xamkorlikda amalga oshirish uchun qisqartirilgan uchta loyiha YEIning vakolatxonasiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Loyihalar qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etildi.
Institut, O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi yordami va tavsiyasi bilan 12-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Nottingem Trent universitetining Ijtimoiy fanlar maktabi qoshidagi bolalar, yoshlar va oilalar uchun Nottingem markazi” rahbariyati bilan on-layn uchrashuv o‘tkazdi. Natijada markaz bilan “Onalar va bolalar o‘limini kamaytirish, oldini olish va bartaraf etish” hamda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” yo‘nalishlarida hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yildi.
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan 2021-yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi tadbirlar rejasi doirasida iyul-sentyabr oylari “O‘zbekiston hududlarida erta turmush, erta tug‘ruq va ayollar o‘rtasidagi abort holatlarining sabablari, omillari va oqibatlarini o‘rganish” masalalarida uch oylik ilmiy-amaliy tadqiqot o‘tkazildi. Natijada 400 ta so‘rovnoma, yuzma-yuz suhbatlashilgan 60 nafar ekspertlar tomonidan bildirilgan fikrlar jamlandi va tahliliy maʼlumotnoma tayyorlandi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining aholishunoslik bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda 11-iyul - Xalqaro aholishunoslik kuniga bag‘ishlangan “Tug‘ilish ko‘rsatkichlaridan qatʼiy nazar insonning reproduktiv salomatligi va reproduktiv huquqlari muhim omildir” mavzudagi tadbir o‘tkazildi.

VII. Ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish
Hisobot davrida institutning rasmiy saytida (www.moiti.uz) 58 ta yangilik, 48 ta video hisobot, 31 ta ilmiy maqola, psixolog tavsiyalari, ayollarga va xotin-qizlarga maslahatlar, qishki va yozgi maktab haqida maʼlumot va materiallari, malaka oshirish kursalari bo‘yicha 4 ta majmua, institut tomonidan amalga oshirilgan 3 ta loyiha (gastromahalla, baxtiyor oila, mahalla mobayl) haqida joylashtirildi.
Institutning telegramdagi rasmiy kanalida jami 246 ta material: (videomateriallar – 70 ta; foydali maslahatlar – 44 ta; bajarilgan ishlar – 41 ta; maqolalar – 50 ta; audiomateriallar (radioeshittirishlar) 11 ta); feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida 108 ta material qo‘yildi.
Hisobot davrida institutning rasmiy saytida (www.moiti.uz) 58 ta yangilik, 48 ta video hisobot, 31 ta ilmiy maqola, psixolog tavsiyalari, ayollarga va xotin-qizlarga maslahatlar, qishki va yozgi maktab haqida maʼlumot va materiallari, malaka oshirish kursalari bo‘yicha 4 ta majmua, institut tomonidan amalga oshirilgan 3 ta loyiha (gastromahalla, baxtiyor oila, mahalla mobayl) haqida joylashtirildi.
Institutning telegramdagi rasmiy kanalida jami 246 ta material: (videomateriallar – 70 ta; foydali maslahatlar – 44 ta; bajarilgan ishlar – 41 ta; maqolalar – 50 ta; audiomateriallar (radioeshittirishlar) 11 ta); feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida 108 ta material qo‘yildi.
Hisobot davrida ilmiy tadqiqot natijalari ommaviy axborot vositalarida 70-marta (O‘zbekiston 24 – 25-marta, Sevimli 13 - Mahalla – 8-marta, Mu 5 – 6-marta, Zo‘r TV – 3 ta, Madaniyat va ma‘rifat – 2-marta, Yoshlar – 3 ta, Uzreport TV – 2 ta) yoritildi. Shuningdek, 10 dan ortiq taqdimot, 15 marotaba radiokanallarda chiqish qilindi, 35 marotaba turli ijtimoiy saytlarda, 10 marotaba xorijiy tashkilot va idoralar saytida institut faoliyati haqida nashrlar eʼlon qilindi. 9 oy mobaynida 20 marotaba matbuot anjumani, brifing, onlayn muloqot, press tur o‘tkazildi.
Institut muassisligida keng jamoatchilikni jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish barobarida mamlakatimizda tinchlik-totuvlik va osoyishtalikni taʼminlash borasidagi amalga oshirilayotgan yangiliklardan xabardor etib borish maqsadida “IJTIMOIY BOSHQARUV” elektron jurnali tashkil etildi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va oila institutlarining dunyo va Markaziy Osiyo xalqlari hayotida, jamiyat ravnaqida tutgan o‘rni va ahamiyatini yoritish maqsadida “MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA” xalqaro ilmiy jurnali qayta tashkil etildi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshliqlari va boshqarma mutaxassislari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari, xotin-qizlar jamoatchilik uchun kengashlari psixologlari uchun o‘qishlar tashkil etildi. Xususan:
1. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan kursni tashkil qilish uchun 2020-yilning 30-dekabrdagi №14-sonli buyrug‘i, 2020-yilning 30-dekabrdagi o‘quv dasturi va kunlik rejalari asosida tasdiqlandi va 2021-yilning 4-10-yanvar kunlari “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” ishlab chiqilgan o‘quv dasturi asosida o‘quv kursi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar va viloyatlarning Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshliqlari va boshqarmaning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassislarini “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” o‘quv kursiga 2 nafardan jami 28 nafar tinglovchi sertifikat oldi.
2. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan kursni tashkil qilish uchun 2021-yilning 22-yanvardagi
4-sonli buyrug‘i, 2021-yilning 20-yanvardagi o‘quv dasturi va kunlik rejalari asosida tasdiqlandi. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 25 nafar rais o‘rinbosarlari va onlayn o‘qiganlar Toshkent shahrining 10 ta tumanidan 10 nafar Toshkent viloyatining 21 ta tumanidan 71 nafar tinglovchilar hamda Xorazm shahrining 13 tumanidan 37 nafar amaliyotchi psixolog mutaxassislar jami 148 nafar tinglovchi sertifikat oldi.
3. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli o‘quv kurslari rejasi va o‘quv kurslari dasturi asosida 2021-yil 23-25-mart kunlari Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusida seminar-trening bo‘ldi va jami 148 nafar tinglovchi sertifikat oldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga 01-08/216-sonli javob xati yuborildi.
4. Institutda 2021-yil 25-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosarlarini onlayn Zoom orqali 9 nafar hamda offlayn 22 nafar tinglovchilarga sertifikat berildi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga 01-08/212-sonli javob xati yuborildi.
5. 2021-yil 19-21-fevral kunlari Farg‘ona viloyati va Marg‘ilon shahrining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, erta tug‘ruq, erta nikoh, oilaviy nizolar prevensiyasi, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, OTMda talabalarga yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish hamda treninglar tashkil qilish maqsadida rahbar va mutaxassislar uchun 12 soatga mo‘ljallangan “Mahalla va oila tizimi mutaxassislarining professional kompetensiyalarini rivojlantirishning konseptual aspektlari” mavzusida trening tashkil qilindi hamda 46 nafar ishtirokchilarga sertifikat taqdim etildi.
6. Davlat boshqaruv akademiyasiga 2021-yil 11-13-fevral kunlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizimi rahbar kadrlarining malakasini oshirish uchun 108 soatlik o‘quv reja va dastur tayyorlandi va taqdim etildi.
7. Hududiy “Obod va xavfsiz mahalla” bo‘limlari rahbarlari uchun tashkil etilgan Respublika seminarida oilaviy nizolarga oid kompetensiyalar, gazlayting mavzularida trening tashkil qilindi va 14 nafar tinglovchiga sertifikat berildi.
8. 27-mart kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi va
25 nafar tinglovchilarga sertifikat berildi.
9. Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” mahallasida 2021-yilning 27-mart kuni Shayxontohur tumanining
22 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosarlari bilan “Ijtimoiy sohada vaqtni samarali boshqarish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi va tinglovchilarga sertifikat berildi.
Hisobot davrida jami 378 nafar xodimga sertifikat berildi.
10. Institutning 8 nafar xodimi tomonidan 2021-yil 23-30-avgust va 13-19-sentyabr kunlari Vazirlik hududiy bo‘linmalari xodimlari va fuqarolar yig‘inlari raislarining saylov qonunchiligi bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Namangan, Andijon va Toshkent viloyatlarida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari uchun “Ota-onalik ijobiy ko‘nikmalari”, “Oila maʼnaviyati”, “Oila reproduktiv salomatligi” kabi yo‘nalishlarida o‘quv-uslubiy majmualari va dasturlar yaratildi va foydalanish uchun hududlardagi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlariga taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qaroriga 3-ilova bilan tasdiqlangan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlar rejasi”ning 30-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxasssislar uchun “Maktab yoshidagi qizlar bilan ishlash”, “Turmushga chiqmagan qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlash”, “Turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” va “Oila psixologiyasi” yo‘nalishlarida manzilli o‘quv kurslarining manzilli o‘quv kurslarining onlayn platformasi (mt.moiti.uz) yaratildi.

Рус
Eng



