🏆 “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari O‘zbekistondagi ilk milliy baholovchilar — Certified Assessors safida e‘tirof etildi!

01:49 - 1 Iyun Yangiliklar
15
🏆 “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari O‘zbekistondagi ilk milliy baholovchilar — Certified Assessors safida e‘tirof etildi! 🌐 Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Uzbekistan Government Quality Award” — “Sifatli davlat boshqaruvi” dast
ness image

🏆 “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari O‘zbekistondagi ilk milliy baholovchilar — Certified Assessors safida e‘tirof etildi!

🌐 Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Uzbekistan Government Quality Award” — “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

↗️ Mazkur nufuzli dastur doirasida davlat organlari faoliyati, boshqaruv sifati, xizmatlar samaradorligi, innovatsion yondashuvlar hamda rahbar kadrlarning yetakchilik salohiyati xalqaro mezonlar asosida baholandi.

🏦 Joriy yilning mart–aprel oylarida baholovchi guruhlar tomonidan 41 ta vazirlik, qo‘mita va agentlik faoliyati chuqur o‘rganildi. 🌐 Baholash jarayonida xalqaro ekspertlar bilan bir qatorda O‘zbekistonda shakllantirilayotgan ilk milliy baholovchilar — Certified Assessors ham faol ishtirok etdi.

🎓 Quvonarlisi, ushbu tarixiy jarayonda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari — bo‘lim boshliqlari Xurshida Saydivaliyeva va Bobur Xonturayev ham milliy baholovchi sifatida munosib ishtirok etib, Certified Assessor Certificate of Achievement sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

⚡️ Bu nafaqat shaxsiy kasbiy muvaffaqiyat, balki institut ilmiy salohiyati, ekspertlik tajribasi va davlat boshqaruvi sifatini baholash jarayonidagi professional ishtirokining yorqin tasdig‘idir.

🔈 Eng muhimi, mazkur e‘tirof O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, ilk milliy assessors — baholovchilar avlodining shakllanayotganini anglatadi.

Bu yutuq institut jamoasi uchun katta faxr, kelgusidagi ilmiy-tahliliy va ekspertlik faoliyati uchun esa muhim rag‘batdir. 👏 Institutimiz vakillarini ushbu yuksak e‘tirof bilan samimiy tabriklaymiz!

Chop etish