Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar

#qadriyat
Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar
🇩🇪Germaniyada oilalarga psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatuvchi markazlar faoliyat yuritadi. Bu markazlar oilaviy muammolarni hal etishda, bolalar tarbiyasida va oilaviy munosabatlarni yaxshilashda yordam beradi. Mamlakatda ish beruvchilar xodimlarining oilaviy majburiyatlarni inobatga olgan holda, ish vaqtida moslashuvchanlik(masofaviy ishlash imkoniyatlari, qisqa ish soatlari va bolalarni parvarishlash uchun ta‘tillar kabi) yaratishga harakat qiladilar.
🇳🇴Norvegiya oilalarida nikoh muhim oilaviy qadriyat bo‘lib, oila qurish va xavfsiz uy-joy bilan ta‘minlanish asosiy jihatlardan sanaladi. Norvegiyada ota-onalar farzandlarining hayotida faol ishtirok etadi. Maktabda ta‘lim olish uchun yordam berish, sport bilan shug‘ullanish yoki oilaviy dam olish va suhbatlar uchun alohida vaqt ajratadilar. Shuningdek, Norvegiyada gender tengligiga ham alohida e‘tibor qaratilib, bu ota-onaning ikkisi ham farzand tarbiyasi va uy xo‘jaligini boshqarishda teng ishtirok etishida namoyon bo‘ladi.
Рус
Eng



